"Chelsi" va yarim himoyachi N’Golo Kante o‘rtasidagi shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar juda ijobiy o‘tdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli fransiyalik futbolchining ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Kante 2016 yildan beri "Chelsi" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Joriy mavsumda Kante londonliklar safida atigi ikkita o‘yin o‘tkazdi, chunki u uzoq vaqt jarohatini da’volash bilan band bo‘ldi.