Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Grem Potter "Chelsi" tarixidagi eng yomon murabbiyga aylandi. U bu antirekordni "Sautgempton"ga o‘yindan keyin qayd etgan

Grem Potter "Chelsi" tarixidagi eng yomon murabbiyga aylandi. U bu antirekordni "Sautgempton"ga o‘yindan keyin qayd etgan

Baho:
+ | -

"Brayton"dan olib kelingan Grem Potter "Chelsi"ning APL erasidagi eng yomon bosh murabbiyiga aylandi. Uning bu maqomi tez orada yana yomonlashishi mumkin. Negaki, Potter jamoasini oldinda juda ham qiyin bahslar kutib turibdi. Bu unga katta bosim yuklaydi. "Chelsi" so‘nggi turda 20 o‘rindagi "Sautgempton"dan o‘z maydonida mag‘lubiyat qabul qilib olgandi. Ta’kidlash joizki, Potter "Chelsi"ni 17 ta o‘yinda 6 marta mag‘lubiyatga uchratgan. Shuningdek, o‘sha bahslarning 5 tasidagina g‘alabaga erishgan. Agarda bu ko‘rsatkichni 14 bahsga aylantiradigan bo‘lsak, faqatgina 2 ta g‘alaba kelib chiqadi.

Yuqoridagi ko‘rsatkichlar Grem Potterni "Chelsi" tarixidagi eng yomon murabbiyga aylanishiga sababchi bo‘ldi. Uning jamoadagi g‘alaba ko‘rsatkichi bor-yo‘g‘i 29.4 foizga tengdir. Hatto, eng omadsiz hisoblangan Rafael Benites, Luis Felipe Skolari va Andre-Villash Boash davrlari ham Potternikidan ko‘ra yaxshiroq kechgan. Ammo sobiq klub egasi Roman Abramovich ularning har uchallasini darrov ishdan olib tashlagandi.
Afsuski, hozirgi Potterning darajasi "Chelsi" tarixida rasvo davrni yaratgan britaniyalik murabbiylar – Devid Uebb, Glen Xodl va Yan Porterfildnikidan ham yomonroqdir. "Chelsi" esa mavsumning 24 ta o‘yinidan keyin 10 o‘rinni band etib turibdi. Ammo jamoada 33 ta asosiy jamoa futbolchilari bor.

"Chelsi"ning yangi egasi Todd Byoli yanvar oyida 326 million funtni transferlar uchun ishlatib yuborgandi. Ammo Potter hamon jamoani o‘nglay olmadi. Natijalar o‘nglanmas ekan, Potter muxlislardan tanbeh eshitaveradi. "Chelsi" navbatdagi turda "Tottenxem" maydoniga safar qiladi va bu o‘yinda g‘alaba qozonishi shart. Jamoaning xato qilishga haqqi yo‘q. Aks holda, Potter holiga maymunlar yig‘laydi. Ammo raqib o‘ta xavfli va ularning ustozi Antonio Konte sanaladi. Konte jamoasi "Vest Xem"ni mag‘lub etgach, kuchli to‘rtlikka qaytib olgandi.

Grem Potter o‘ziga nima kerakligini yaxshi biladi. G‘alaba qozonish hecham oson emas. Ammo orqaga yo‘l ham yo‘q. "Chelsi"ning keyingi o‘yini "Lids"ga qarshi kechadi. Shundan so‘nga "aristokratlar" "Lester" va "Everton" sinovidan o‘tishi kerak. YECHL doirasida "BVB" bilan bir gol farqini ikkinchi davrda yo‘qqa chiqarish zarur. Ko‘ramiz, shuncha vazifani Potter janoblari qanday eplarkin...

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 20:41, 20.02.2023.
O'qildi: 2071 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик