Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

«Espanyol» va «Atletiko» klublari «Barselona» va sobiq hakam mojarosiga munosabat bildirdi

«Espanyol» va «Atletiko» klublari «Barselona» va sobiq hakam mojarosiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

La Liganing ba’zi klublari “Barselona”ning sobiq hakam bilan bog‘liq mojarosiga o‘z pozisiyasini bildirmoqda.

Avvalroq kataloniyaliklar 2016 yildan 2018 yilga qadar RFEF texnik hakamlar qo‘mitasi sobiq vise-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga 1,4 million yevro o‘tkazgani xabar qilingandi. Klub bu bo‘yicha bayonot bergan va Futbol federasiyasi amaldoriga yosh futbolchilar va hakamlar haqidagi hisobotlari uchun to‘lov amalga oshirilganini ta’kidlagandi. Shundan so‘ng “Barselona” 2003 yildan beri Negreyraga 4,7 million yevro to‘lagani aniqlandi.

“Espanyol” “Negreyra ishi” deb atalayotgan voqea yuzasidan turli OAVda chop etilgan ma’lumotlardan xavotirda.

“Hali tergov qilinayotgan bo‘lsa-da, bizning raqobatimiz, uni tashkil etuvchi klublar va shu bilan aloqador organlar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar shunchalik og‘ir bo‘lishi mumkinki, bu bo‘yicha favqulodda choralar talab etiladi.  

“Espanyol” har doim qonun va belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya etish tarafdori bo‘lib kelgan va shu sababdan vakolatli organlar hamda muassasalarni ushbu masalani tezkorlik bilan, namunali tarzda hal qilishga chaqiramiz, bu esa futbolimiz obro‘sini jahon miqyosida shubha ostiga qo‘yadigan holatga mos keladi.

Oxirgi paytlarda klubimizga boshqa xarakterdagi qaror ta’sir ko‘rsatdi, bu esa, fikrimizcha, bevosita klubga yetkazilgan zarardan tashqari musobaqamizning normal ishlashiga ham xavf tug‘diradi. O‘sha paytdagidek, muxlislar talab qilgan va munosib hurmat-ehtiromdan kelib chiqib, klub va tashkilotlarni futbolning yaxshi faoliyat yuritishi va nomini himoya qilish yo‘lida chora ko‘rishga chaqiramiz”, — deyiladi kataloniyaliklar bayonotida.

“Espanyol” ushbu bayonotida 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilingan “Barselona” hujumchisi Robert Levandovskining derbida ishtiroki bilan bog‘liq vaziyatni nazarda tutgan.

Relevo nashrining xabariga ko‘ra, “Atletiko” ham La Liganing barcha jamoalaridan norozilik va qoralovchi qo‘shma bayonot berishini xohlamoqda. Bunday taklif Ispaniya futbolining birinchi va ikkinchi divizionlari vakillari ishtirokidagi yig‘ilishda ilgari surilgan.

Ikki klub bunga qarshi chiqqan — biri bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlash mantiqsiz deb hisoblagan “Barselona” bo‘lsa, ikkinchisi vaziyatni tahlil qilish zarurligini ta’kidlagan “Real”.

Qolgan klublar “Atletiko”ning taklifiga rozi bo‘lgan, biroq yakunda qo‘shma bayonot berilmagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:03, 21.02.2023.
O'qildi: 2700 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.