Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Sardor Rashidov necha marta o‘z klubini almashtirdi?

Sardor Rashidov necha marta o‘z klubini almashtirdi?

Baho:
+ | -

Eshitish yoki ko‘rishga ulgurgandirsiz, o‘yin uslubi va zarba yo‘llash manyovri ozgina bo‘lsada Krishtianu Ronaldukiga o‘xshab ketadigan, vaqtida katta umidlar uyg‘otgan Sardor Rashidov faoliyatida oz emas-ko‘p emas, naq 11-marta klubini almashtirdi.

Agar eslolmayotgan bo‘lsangiz, O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq yarim himoyachisining futbolchilik faoliyatidagi «sayohat»ini ketma-ketlikda yodga solishimiz mumkin:

«So‘g‘diyona» > «Bunyodkor» > «Al-Jaish» > «Al-Jazira» > «Lokomotiv» > «Nasional» > «Qatar SK» > «Paxtakor» > «Quvayt SK» > «Paxtakor» > «Umm Salal» > «Paxtakor»...

Vaqtida transferi 2 million yevroga baholangan Sardor Rashidov bu orada 32 yoshni urib qo‘yibdi. Shunday ekan, unda kamida yana 1-2 yil «soqqa qilish» imkoniyati bor. Buning uchun esa arab klublaridan yaxshiroq variant yo‘q, albatta. To‘g‘risi, Sardor Portugaliyaning «Nasional» klubi safiga qo‘shilganida, qanchalik quvongandik-a... Ayniqsa, birdaniga «xet-trik» qayd etgani barchamizni cheksiz to‘l­qinlantirib yuborgani - ayni haqiqat. Afsuski, istiqboli baland baholangan futbolchi shu bilan to‘xtadi, biz kutgan darajaga o‘tolmadi. Unga nima bo‘lgani - bizga qorong‘u. Lekin «Nasional» orqali Yevropaning kuchli 5ta ligasi klublaridan biriga yo‘l olishiga umid bog‘laganimiz bor gap. 

Afsus, unga yana o‘sha mentalitetga bog‘liq eski muammo xalaqit berdi, chog‘i. «Rashidovning arab klubiga o‘tganidan xursandmiz. Har holda, u endi yana allaqachon byudjet klubiga aylangan «Paxtakor»­dan maosh olmaydi. Xorij klubiga o‘tadigan futbolchilarning nafaqat o‘zbek futboli, balki mamlakat taraqqiyoti, byudjetiga ham foydalari tegishi sir emas. Buni anglash uchun Odil Ahmedovning Namanganda nimalar qilayotgani-yu, Otabek Shukurovning Qarshi va o‘zi tug‘ilib-ulg‘aygan Chiroqchida qanday ishlarni amalga oshirganini eslash kifoya qiladi. Shunday ekan, Sardorga aytadigan gapimiz bitta - «Soqqani bos!» 2021 yilning 18 iyul kuni shu postni yozgan ekanman. Sardor orada «Paxtakor»ga qaytish va ketishga ham ulgurdi. Deylik, o‘tgan mavsum «Qizilqum»ga supergol urish uddasidan chiqqan Rashidov yana bir bor Qatarda «gullaydigan» bo‘lgandi, «Umm Salal» klubida. 

Mana, yaqinda so‘nggi yillarda odat tusiga aylanib qolgan holat yuz berdi. Sardor Rashidov bir necha oylik «sayohat»dan keyin yana O‘zbekistonga qaytdi. Shunday ekan, uning attraksionga o‘xshash faoliyati davom etadi: 

1. «So‘g‘diyona»

2. «Bunyodkor»

3. «Al-Jaish» (Qatar)

4. «Al-Jazira» (BAA)

5. «Lokomotiv»

6. «Nasional» (Portugaliya)

7. «Qatar SK» (Qatar)

8. «Paxtakor»

9. «Al-Quvayt» (Quvayt)

10. «Paxtakor»

11. «Umm-Salal» (Qatar)

12. «Paxtakor»

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:30, 23.02.2023.
O'qildi: 4271 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.