Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Erik ten Xag ikkinchi taymda nimani o‘zgartirdi?

Erik ten Xag ikkinchi taymda nimani o‘zgartirdi?

Baho:
+ | -

Yevropa ligasi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning birinchi bo‘limidan so‘ng mankunianliklar hisobda ortda qolishayotgandi. Biroq ular ikkinchi bo‘limda g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirishdi. Xo‘sh, "MYU" ustozi Erik ten Xag nimani o‘zgartirdi?

1) Kunde-Arauxo - Reshford intrigasi hammani joniga tekkan paytda, barchasi narigi qanotda hal bo‘layotgandi - Balde bir o‘zi birinchi taymni yutdi. Antonining chiqishi esa, himoyachining qo‘lini bog‘ladi. Natijada «Barselona» 1-taymdagi asosiy hujum yo‘nalishidan ayrildi.

2) «MYU» birinchi taymda taklif qilgan haddan tashqari akademik futbol aksincha, Buskets, De Yong, Roberto kabi futbolchilarning fazilatlarini ochadi. Bunday o‘yinda hatto qoida buzilishlari ham yaqqol ko‘rinadi: Brunuga salom.

Ten Xag 2-taymni xaosga aylantirdi - bu sharoitda, ya’ni to‘p u jamoadan bunisiga juda tez o‘tganda, Fred ham, Brunu ham karrasiga foydali futbolchilardir. Buning ustiga «o‘z maydon» omili ham foydaliroq kuchga aylanadi. Agar Gavi va Pedri bo‘lganida, balkim «Barselona» bu shartlarda ham ancha kuchliroq ko‘ringan bo‘lardi, nazarimda.

Shu ikki faktor burilish yasash uchun yetarli bo‘ldi va Xavi qarshi plan o‘ylab topishga ulgurmadi.

Umuman, ikki o‘yindan xulosa qilganda esa, albatta, «MYU»ning ustunligini ta’kidlash lozim - «Barselona» darvozasiga 4 gol katta natija, zero, Xavi shogirdlari raqiblari shuncha golni oxirgi 11 o‘yinda urishgandi.

Bu to‘qnashuv YEL mi yoki YECHLga xosmi? Menimcha, «Kamp Nou»dagi o‘yin ko‘proq Yevropa Ligasi edi: jamoalar bu turnirga biroz panja ortidan qarashi ayb emas, biroz ochiq va bosimsiz bahs ko‘rgandik. Javob o‘yini esa, YECHL o‘yiniga aylandi. Sababi, endi bu juftlik atrofidagi gap-so‘zlar, murabbiylarning katta o‘yinni yutishga ehtiyoji (Ten Xag yangi jamoasi uchun zarur, Xavi ham Yevropada katta raqiblarni yuta olmaslik seriyasi cho‘zilib ketdi) ta’sir qildi. Gap Yevropa Ligasining keyingi bosqichi bahosida emas, aynan mana shu raqibdan o‘tish hayot-mamot masalasiga aylandi. Muxlislarga ham, keyingi rivojlanish bosqichi uchun ham. Har ikki jamoaga rahmat.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 09:02, 24.02.2023.
O'qildi: 3510 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик