“Barselona” va Londonning “Arsenal” klublarining belaruslik sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Gleb “ko‘k-anorranglilar”ning yevrokuboklarni tark etgani haqida fikr bildirdi.
“Har qanday top-klub uchun yevrokuboklarni erta tark etish omadsizlikdir. Xavi yangi jamoa qurmoqda, ishonaylik, bu muvaffaqiyatsizlik ularni faqat kuchliroq qiladi", - deya Glebdan iqtibos keltiradi Metaratings.
Sobiq futbolchining qo‘shimcha qilishicha, "Barselona" rahbariyati, uning fikricha, jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandesga ishonadi va Yevropa ligasidan chiqib ketishi uning kelajagiga ta’sir qilmaydi.