Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Qahramon Aslanov "Hasanali ota"ning vafotiga munosabat bildirdi

Qahramon Aslanov "Hasanali ota"ning vafotiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Taniqli jurnalist Qahramon Aslanov saytimizda ijod qilgan "Hasanali ota" - Mirakmal Jamilovning vafotiga munosabat bildirdi.

"Hasanali ota, asl ismlari Mirakmal Jamilov bilan «Chempion»da birga ishlaganmiz. Soatlab telefonda gaplashardik, ko‘rishganman, uylariga borganman, kampirlari bilan yolg‘iz, suyanib yashardilar.

Taxallus tanlanishi ham qiziq. Nega Hasanali ota? «O‘tgan kunlar»dagi qul obrazi. «Siz yoshlarni qarigan chog‘imda topdim, hammalaring men uchun Otabeksizlar, sizlarga qul bo‘lib xizmatlaringni qilay, shuning uchun Hasanali otangizman» degandilar.

Adabiyotga juda qiziqardilar, uylari to‘la kitob. Bir vaqtlar qiziqib, hikoyalar yoza boshlaganimda, ilk tanqidchim, hamma maqtaganda, u inson hikoyalarning juda bo‘sh ekani, g‘oya bo‘lsa-da, muallif buni satrlar orasiga yashirishi kerakligini ta’kidlagan, tahrirlab beraman, deb, shu bilan qolib ketgan. Bir necha yil oldin ayoli vafot etganini, o‘zi og‘ir kasallikka chalinganini eshitdim, ammo ancha bo‘lgandi gaplashmaganimga. Yo‘q, aslida, otaning blogini o‘qib borganman, doimgidek formada edilar.

Ko‘p yozganlarim keyinroq o‘zimga yoqmagan holatlar bo‘lgan, ammo chinakam pushaymon bo‘lganim, bir marta, yaxshi eslayman. «Gazprom» MDH xududida qanaqadir Superliga tuzish g‘oyasi bilan chiqdi, Gazzayev loyiha direktori bo‘ldi, bir muddat shu mavzu dolzarb bo‘lib turdi. O‘shanda «MDH madhi» degan tekst yozdim, bunday chempionat futbolimizga, terma jamoamizga foyda bo‘lishi haqida asoslar surdim. O‘shanda Mirakmal aka meni qattiq koyib bergan, hatto begona odamni ayblagandek, meni sotqinga chiqarib, maqola ham yozgandilar. Xafa bo‘lganman, men faqat futbol haqida yozganman, boshqasi bilan ishim yo‘qku, deb o‘zimni oqlaganman ham, ammo rostan ham noto‘g‘ri edi. Hozir buni ko‘rib turibmiz, bu yerlarda, Rossiya bilan siyosatdan holi munosabat bo‘lishi mumkin emas.

Xasanali ota biroz murakkab, tushunish qiyin tilda yozardi. Ilg‘ab olmasangiz, ba’zida qiynalasiz. Sal oddiyroq yozsangiz bo‘lmaydimi, ko‘pchilik o‘qirdi, desam, «yo‘q, uch kishi o‘qisa ham, meni tushunib, his qilib o‘qiydi-ku, o‘sha uch kishi uchun yozaveraman, ular men uchun qadrli» der edilar.

Mirakmal aka vafot etibdilar. Joylari jannatda bo‘lsin. Eng ko‘p o‘sha uch kishiga achinaman. Bizni ko‘pchilik o‘qigani bilan bizdaqalar ham ko‘pchilik, ertaga biz yozmay qo‘ysak, indinga vafot etsak, o‘quvchilarimiz boshqalarni o‘qib ketaveradi. Ammo endi, o‘sha uch kishi nima qiladi? Kimni o‘qiydi?

Uch kishi, ta’ziyamni qabul qiling. Alloh sabr bersin" - deb post qoldirdi Qahramon Aslanov.

Kiritildi: 11:54, 03.03.2023.
O'qildi: 2417 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.