Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Le Grega ayb yuklashga shoshilmaylik. Tanganing ikkinchi tomoni ham bor

Le Grega ayb yuklashga shoshilmaylik. Tanganing ikkinchi tomoni ham bor

Baho:
+ | -

Noel Le Gre taslim bo‘lmaydi.

«Zidan Braziliya terma jamoasidami? Menga farqi yo‘q, xohlagan joyiga boraversin. U men bilan bog‘lanishga harakat qildimi? Yo‘q, telefonni ham ko‘tarmasdim». Shu tariqa, 10 yanvar kuni Fransiya futbol federasiyasi prezidenti Noel Le Gre so‘zga chiqdi va bu so‘zlar uning ishi va mavqeyini yo‘qotdi. Umumiy norozilikdan so‘ng (hatto Mbappe va Emmanuel Makron ham o‘z fikrlarini bildirishdi) amaldor darhol lavozimidan chetlashtirildi va bir yarim oy o‘tib, 28 fevral kuni u rasman iste’foga chiqdi.

Iste’foga chiqish oralig‘ida sobiq prezident haqida juda ko‘p noxush ma’lumotlar oshkor bo‘ldi - u endi Zidan haqidagi so‘zlaridan afsuslansa kerak, chunki hozir Le Gre qamoqqa mahkum. Xo‘sh, 81 yoshli funksioner nima qildi va u nima bilan mashhur?

Le Gre eski maktab amaldorlaridan. Qishloqdan chiqib, yuqori martabaga ko‘tarilgan funksioner saraton kasalligini mag‘lub etdgan.

Noel haqida gapirganda, Silvio Berluskonini eslaysiz. Ikkalasi ham yoshi katta, kambag‘al oilalardan chiqqan va ikkalasi ham o‘zlari ishlagan klublarni samarali va fidoyilik bilan tarbiyalashgan. Ammo agar Silvio o‘zi tug‘ilgan Milanda yashagan bo‘lsa (bu uning vazifasini aniq soddalashtirgan), Le Gre Fransiya shimoli-g‘arbidagi Gengam yaqinidagi kichik bir qishloqda tug‘ilgan.

Noel dastlab qiynaldi - muvaffaqiyatli baliqchilik biznesini tashkil qilishdan oldin u o‘nlab kasblarni o‘zgartirdi. Le Gre o‘z kompaniyasini boshqarishdan oldin mahalliy Gengam uchun futbol o‘ynagan. Bu yerda u tez orada klub prezidenti lavozimini egalladi, o‘shanda u atigi 31 yoshda bo‘ldi. Noelning biznesdagi muvaffaqiyati o‘shanda ham namoyon bo‘ldi. U tezda klubda hamma jarayonlarni yo‘lga qo‘ydi, Fransiya kubogidagi muvaffaqiyati uchun («Gengam» Le Gre qo‘l ostida birinchi mavsumdayoq 1/8 bosqichga yetdi) prezident jamoani Ruminiyadagi kurortga olib bordi va bu ham qiziq edi. 

Byudjetni ko‘paytirish, tanlovni yaxshilash, homiylarning kelishi - Le Gre iste’dodli yetakchi ekanligini isbotladi va shu bilan birga baliq bilan shug‘ullana turib ham «Gengam»ni 2-ligaga olib chiqdi, professional maqomini rasmiylashtirdi va yangi arena qurdi. Ehtimol, u jamoani rivojlantirishda davom etgan bo‘lardi, lekin u 1991 yilda Fransiya Professional Futbol Ligasiga chaqirilgan. U yerda u to‘qqiz yil qoldi, jumladan, Fransiya Liga kubogi asoschilaridan biriga aylandi.

Ammo Le Gre faqat futbol bilan cheklanib qolmadi - 1995 yilda u Gengam meri bo‘ldi va 2008 yilgacha o‘z lavozimida qoldi. Shu bilan bir qatorda, uning biznesi o‘sdi (u allaqachon yuzlab million yevro foyda keltirdi) va Noel hamma narsadan xabardor bo‘lishga harakat qildi. Bu davrda klub ham kuchaydi – Le Gre Fransiya chempionatini boshqargan bo‘lsa, «Gengam» Intertoto kubogi finalida «Rotor»ni mag‘lub etdi.

Albatta, Le Grening sportdagi asosiy yutuqlaridan biri 2008/09 yilgi Fransiya kubogi bo‘lsa, o‘shanda «Gengam» ko‘p yillar davomida bu sovrinni qo‘lga kiritgan birinchi Liga 2 jamoasiga aylandi. 7000 aholisi bo‘lgan shaharning kamtarona klubi tarixda ikkinchi marta (birinchi marta Intertoto kubogidan keyin bo‘lgan) yevrokuboklar uchun kurashga kirdi, ammo «Gamburg»ga umumiy 2:8 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Le Gre hamma joyda muvaffaqiyatga erishdi - siyosatda (u «Gengam»ni 13 yil boshqargan), sportda ham, biznesda ham. Hatto onkologiya ham unga xalaqit bermadi - 2000 yillarning boshida Noelga oshqozon saratoni tashxisi qo‘yilgan, ammo u biror bir sohada ishlashni to‘xtatmagan. Shubhasiz, ajoyib boshqaruv xislatlari uchun u 2011 yilda Fransiya futbol federasiyasiga chaqirilgan - u yerda Zidan haqidagi o‘sha baxtsiz izohgacha prezident bo‘lgan.

Zidan bilan bo‘lgan voqea noto‘g‘ri talqin qilindi, ammo bunga Le Gre aybdor.

Umuman olganda, Noelning Zidanga nisbatan hurmatsizligi haqidagi da’volar biroz keskin. Fransuz matbuoti iqtibosning birinchi qismini shishirdi, lekin ikkinchisini butunlay unutdi - bu vaziyatni biroz to‘g‘rilaydi. Le Gre aslida nima degandi: «Men hatto telefonni ham ko‘tarmasdim. Unga nima deyman? Salom janob, xavotir olmang, boshqa klub qidiring, chunki men Desham bilan shartnoma imzolaganman?»

Zidan bilan bog‘liq voqea tuyulganidan biroz murakkabroq, chunki jahon chempionati finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng ko‘pchilik muxlislar Zizuni yangi murabbiy sifatida ko‘rishdi. Buning o‘rniga, Le Gre boshchiligidagi FFF Desham bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirdi (va bu maxfiy tarzda amalga oshirildi), shuning uchun ham Noel sobiq «Real» murabbiyi bilan gaplashmoqchi emas edi.

Ammo hurmatsizlikda ayblanganiga Le Grening o‘zi aybdor. U haqiqatan ham qiyin fe’l-atvorga ega, hayotida ko‘p narsalarni boshidan kechirgan va ko‘pincha uzun tili tufayli muammoga duch kelgan odam. Birinchi janjal 2013 yilda sodir bo‘lgan - o‘shanda Fransiyada ilgari sudlangan ko‘plab sport agentlari bilan ishlagani ma’lum bo‘ldi. Qonunga ko‘ra, ularga agentlik ishiga qaytish taqiqlangan edi, lekin Le Gredan ikkinchi lisenziyani qayerdan olganlari haqida so‘ralganda, u muammoni ko‘rmayotgani va mahkumlar «yaxshi insonlar» ekanligini aytdi.

Le Gre futbolda irqchilik yo‘qligini ta’kidladi (Neymarning so‘zlariga javoban), bu Mbappeni juda xafa qildi. U 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga ahamiyat bermasligini aytdi. U federasiya hisobidan dam oldi. U Benzema bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi va: «Men sizlarga o‘xshamayman, men arab emasman» dedi. 

Umuman olganda, Le Gre tili «achchiqroq» odam bo‘lib, zamon ruhiga umuman to‘g‘ri kelmasdi. Demak, uning iste’fosi vaqt masalasi bo‘lgan. Fransiyada hattoki, sport vaziri bu daqiqani intiqlik bilan kutayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Zidan haqidagi gapidan so‘ng boshlangan tergovga ko‘ra, 81 yoshli fransuz amaldori deyarli hammani ketma-ket haqorat qilgan. Le Gre o‘z sohasining aql bovar qilmas professionalidir, jumladan, uning sa’y-harakatlari bilan Fransiya jamoasi ikkita jahon chempionatida ikki marta finalga chiqdi va mamlakat ayollar o‘rtasida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Funksioner ayblovlarga qarshi kurashishni rejalashtirmoqda - u barcha kanallar orqali advokatlarga qaytadan murojaat qilish bilan raqiblariga tahdid qilmoqda. Bu qanday tugaydi, biz tez orada bilib olamiz.

Kiritildi: 11:06, 04.03.2023.
O'qildi: 1852 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.