Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Ro‘ziqul Berdiyev: "O‘yin raqibning rejasi bo‘yicha ketdi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "O‘yin raqibning rejasi bo‘yicha ketdi"

Baho:
+ | -

“Nasaf” – “Andijon” (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- O‘yin haqida nima deysiz?

- Mavsumni yaxshi boshlamadik. Bugungi uchrashuv raqibning rejasi bo‘yicha ketdi. Himoyalandi, himoyalandi, kutdi, sabr qilishdi. Har doim ham bunday golni urish qiyin. “Andijon”dan shunday o‘yinni ko‘zlagandik va maqsadiga erishdi. Ko‘rdinglar, ular ko‘p vaqt davomida himoyalandi. Vaqt cho‘zishga va qarshi hujumlarga o‘tishga harakat qilishdi. Afsuski, har doimgi muammoimiz – hujumdagi golli vaziyatlarni amalga oshirganimizda balki yengilroq bo‘lardi. Oxirgi uy uchrashuvlarini nimagadir og‘irroq o‘tkazyapmiz. O‘tgan yili ham, bu yil ham...Albatta, buning sababini o‘rganamiz. Mag‘lubiyatni ham qabul qilish kerak. Yaxshihamki, bu mavsumning boshi.

- Jamoangizga aynan nima yetishmadi?

- Mahorat. Shuning uchun ushbu holatga oldindan ko‘proq e’tibor qaratamiz. Bizda bu narsa doim muammo bo‘lib kelgan. Ko‘ryapsizlar, raqiblar kelib ko‘proq himoyalanganlarida yanada qiynalyapmiz. Yarimta vaziyat bo‘ladimi yoki standart holatlardanmi, golli imkoniyatlarni amalga oshirishimiz kerak. Boya aytganimdek, raqibni rejasi bo‘yicha ketdi.

- Umar Eshmurodov va tojikistonlik legionerni hatto qaydnomada ham ko‘rmadik...

- Bunga bir necha sabablari bor. Kimdadir jarohat yana kimdadir viza masalasi. Tojikistonlik futbolchimiz o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rayotgandi. Bu haqida kecha aytib qolishdi. Albatta, keyingi o‘yinlarda bular maydonga tushishadi.

- Ikkala bo‘limda ham jamoa o‘yinida pala-partishlik kuzatildi. 90 daqiqa o‘ynash uchun “Nasaf”da jismoniy holat ko‘ngildagidek bo‘lmadi. Bugungi mag‘lubiyat jismoniy holat bilan ham bog‘liqmi?

- Jismoniy holatimizni siz aniqlab bera olmaysiz. Agar jismoniy holatimiz kam bo‘lganida biz bugun oxirigacha yugurmagan bo‘lardik. Asosiy muammoimizni aytdim-ku, mahoratga ko‘p narsa bog‘liq. Bu birinchi o‘yin va raqib ko‘pchilik bilan himoyalanganida ancha qiyin bo‘ldi. Texnik xatolar bo‘ldi, ammo buni pala-partishlik demagan bo‘lardim. Jamoamda shoshilish va asabiylashish kuzatildi. Bu raqibga qo‘l keldi" - dedi Berdiyev.

Kiritildi: 20:02, 04.03.2023.
O'qildi: 1655 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.