Konferensiyada mutaxassislarga sohadagi yangiliklar va o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Bir qancha mavzular yuzasidan ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etildi. Yosh shifokorlarga tajribali mutaxassislar tomonidan bilim va ko‘nikmalar ulashildi.
Shuningdek, konferensiya davomida bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus mukofot sovrinlari taqdim etildi.
Xususan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh shifokori Alisher Aripovga OFK tasnifi bo‘yicha «Yuqori darajadagi ko‘rsatgan tibbiy xizmatlari uchun» (bronza) mukofoti topshirildi.













