Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

«PSJ»ga gol urgan Shupo Moting va Gnabri haqida

«PSJ»ga gol urgan Shupo Moting va Gnabri haqida

Baho:
+ | -

Kecha Messi va Mbappeni Chempionlar Ligasidan chiqarib yuborgan gollarni Erik Shupo Moting va Serj Gnabri urishdi. G‘alati-a? Xuddi boshqa darajadagi ikki jamoa a’zolari nomini tilga olayotgandekmiz.

Shupo Moting Germaniyadagi bir necha mavsumlardan so‘ng, 2017 yilda “Stok Siti”ga o‘tgan. Erkin agent sifatida. Ya’ni “Shalke 04” u bilan yangi shartnoma tuzmagan ham. “Stok Siti”da bir mavsumda 5 ta gol urgan va bu ingliz top-klublarining e’tibori uchun yetarli emas. Menimcha, hozir ham uni biror ingliz top-klubi o‘ziga chorlamagan bo‘lardi. “Stok” APLdan tushib ketgach, uni chorlaydigan biror ingliz klubi topilmadi ham. Zaxira variant sifatida avval “PSJ”, keyin “Bavariya”da yurgan Erik YECHL pley-offda gol uryapti.

Serj Gnabri “Arsenal” tarbiyalanuvchisi, Venger jamoasida ishonchni oqlamagach, “Vest Bromvich”ga berilgan. U yerda ham o‘zini ko‘rsata olmagan. Germaniyaga qaytgach, avval “Verder”, “Xoffenxaym”, keyin “Bavariya”da o‘zini ko‘rsata olmadi. To‘g‘ri, hozir u asosiy o‘yinchi emas, ammo kovid-mavsumida “Bavariya”ning yetakchilaridan biri bo‘lgan, YECHL yarimfinalida gollar urgan.

Yo‘q, inglizlar javohirlarni payqamagan, qo‘ldan chiqargan, ana, demoqchi emasman.

Aytmoqchimanki, ikkisiga ham hech qachon katta narxlar to‘lanmagan, ko‘p narsa kutilmagan. Hozir ham, o‘ylaymanki, Yevropa darajasidagi yulduzlar emas. Ammo agar yaxshi tizimga qo‘yilgan, muvozanatli  jamoa, kuchli murabbiylar bo‘lsa, ular bilan ham “ovga borsa bo‘ladi”.

Bilmadim, “PSJ” safida yoki umuman Fransiyada qancha “gnabrilar” bor, balkim boshqa yo‘ldan yurish kerakdir? Hech bo‘lmasa, Fransiya chempionati qiziydi, “PSJ” uchun mavsum YECHL bilan birga tugab qolavermaydi.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 15:00, 09.03.2023.
O'qildi: 1851 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.