Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Qatorasiga 134 o‘yin, yana boshlang‘ich tarkibda!

Qatorasiga 134 o‘yin, yana boshlang‘ich tarkibda!

Baho:
+ | -

«Frayburg» sardori Kristian Gyunter ketma-ket 134ta o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlab, qoyilmaqom natija ko‘rsatdi.

 Biroq germaniyalik himoyachining ajib seriyasi 26 fevral kuni uzildi. Deyarli 4 yildan buyon «Frayburg» o‘yinlaridan biror marta chetda qolmagan Gyunter sariq kartochkalar limiti tufayli «Bayer» bilan bahsda maydonga tusholmadi. Shunday ajib seriyani «sariq»lar oqibatida to‘xtatish alamli, albatta.

Gyunter bundan oldin «Frayburg» o‘yinini oxirgi marta 2019 yilning fevralida o‘tkazib yuborgandi. Himoya­chiga o‘shanda ham kartochka xalaqit bergan. To‘g‘rirog‘i, «Shalke»ga qarshi bahsda olingan «qizil» maydonga tushishiga yo‘l qo‘ymagandi. Germaniyalik futbolchi shundan keyin Bundesliganing to‘liq 3 mavsumi davomida barcha o‘yinlarni boshlang‘ich tarkibda boshladi. Qatorasiga 134ta o‘yin - bu qanchalik e’tiborli natija? Hattoki, mashhur Inyaki Uilyams seriyasi ham Gyunter natijasi oldida xiraroq ko‘rinadi qaysidir ma’noda. Chunonchi, Ispaniya La Ligasida qatorasiga 251ta o‘yinda maydonga tushgan «temir» Inyaki ham lo­aqal 1 mavsum doirasidagi barcha bahslarni boshlang‘ich tarkibda boshlagan emas. Kristian esa naq 3 mavsum shunday qilishga erishdi. 

Demak, Gyunter o‘ziga xos noyob natija muallifidir. To‘g‘ri, uning o‘zi bu borada kamtarona gapirishga moyil. «Bu seriyada qandaydir aql bovar qilmas narsani sezmayapman, - dedi Gyunter SPOX jurnalisti bilan suhbatda. - Me-ni xavotirga soladigan yagona jihat - jamoam natijasi. Yo‘q, «Frayburg»da muhim rolga ega ekanligimni anglashdan mamnunligimni yashirmayman. Bu seriya klubga naf keltirayotganimdan dalolat bermoqda. Chindan ham, shunday bo‘lsa, bag‘oyat baxtiyorman. Seriyaning uzilib qolishidan esa ortiqcha ranjimayman. Futbol shunaqa, unda ertaga nima bo‘lishini hech qachon oldindan bilolmaysan. Deylik, seni jiddiy jarohat ham chetga surib qo‘yishi mumkin. Shunday ekan, 1ta o‘yinni o‘tkazib yuborish na ruhiyatim va na ishtiyoqimga ta’sir ko‘rsatadi».

Gyunter deyarli 17 yildan buyon «Frayburg» tizimida. Ya’ni jamoadagi tarixi 2006 yili boshlangan. Endi maqom bo‘yicha uning oldiga tushadigan raqobatchi ham yo‘q. Kristian hamisha o‘zini oddiy tutadi, xarakteri ham joyida. Aslida himoyachi hech qachon boshqalardan alohida ajralib turgan emas. Har holda, bir-ikki marta hattoki, klub akademiyasidan ketishiga oz qolgan. Chunki murabbiylar Kristianda hech qanday alohida iqtidorni payqashmagan, futboldagi istiqboliga shubha bilan qarashgan garchi uning tirishqoqligi va fidoyiligini qadrlagan bo‘lsalarda. Muhimi, Gyunter mehnatkashligi evaziga akademiyada qoladi. Keyinchalik murabbiy Kristian Shtrayx yigitcha iqtidorini to‘g‘ri baholab, 2012 yili uni ikkinchi jamoa­dan «asosiy»ga tortadi. Shu-shu Kristianning faoliyati bir maromda rivojlandi. Himoyachi 10 yil davomida «Frayburg»ning 300tadan ortiq o‘yinida qatnashdi. U bu orada Germaniya milliy jamoasi bilan Yevro-2020 va JCH-2022ga ham bordi, to‘g‘ri, yirik turnirlarda 1 daqiqa ham o‘ynamasdan ortga qaytdi. Umuman, Gyunter oldida bir necha marta kuchliroq klub safiga qo‘shilish imkoniyati yuzaga keldi, lekin «Frayburg»da shakllangan alohida muhit tufayli jonajon qo‘nimgohidan ko‘ngil uzolmadi.

Yana bir muhim fakt bor. 2015 yili Kristianning hozirgi turmush o‘rtog‘i Katrinda limfa to‘qimalari saratoni borligi aniqlandi. Shu murakkab vaqtda klub hamisha futbolchi bilan aloqada bo‘lib turdi va imkon qadar uning hamxonasi yonida ko‘proq turishiga sharoit yaratib berdi. Ayni payt Katrinda hammasi yaxshi. Juftlik 2019 yili nikohdan o‘tdi, keyingisida qizchali bo‘ldi. «Uning «Frayburg»­ga nisbatan muhabbati hattoki, menikidan ham kuchliroq», - deya kuladi Gyunter. Frayburgda Kristianga shu qadar qattiq ishonishadiki, klubda amplua bo‘yicha chap qanot himoyachisi sanalgan boshqa futbolchi yo‘q. Vaholanki, «Frayburg» ayni payt 3ta frontda kurash olib bormoqda. Ya’ni jamoa Bundesligada CHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi kerak, bundan tashqari, uni oldinda kubok turniri chorak finali («Bavariya»ga qarshi) va YEL 1/8 finali («Yuventus»ga qarshi) kutib turibdi. Demak, Gyunter har joyda o‘ynashda davom etadi.

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:00, 10.03.2023.
O'qildi: 2072 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.