Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Zidan va "PSJ": ushalmas orzumi yoki vaqt keldimi? Zinedin yozda Parijda bo‘lishining asosiy sabablari

Zidan va "PSJ": ushalmas orzumi yoki vaqt keldimi? Zinedin yozda Parijda bo‘lishining asosiy sabablari

Baho:
+ | -

O‘tgan yozda "PSJ" bosh murabbiyligiga tayinlangan Kristof Galtye jamoaning asosiy muammosini yecha olmadi. Parijliklar Yevropa chempionlar ligasi 1/8 finalida "Bavariya"ga umumiy hisobda 3:0 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirdan chiqib ketishdi. Shundan so‘ng fransuz grandi rahbariyati yana bosh murabbiyni almashtirish variantini oldinga surishmoqda va bu yozda amalga oshishi mumkin.

Agar Galtye yozda iste’foga chiqariladigan bo‘lsa, "PSJ" yana Zinedin Zidan variantiga qaytishi mumkin. Avvallari ham Zidanning yo‘lini "PSJ" bilan ko‘p marta bog‘lashgan, biroq bu safar barchasi jiddiy. Lekin, hozircha Zidan qanday fikrda ekani va u bu ishga rozi bo‘ladimi yoki yo‘qmi, noma’lum.

Zidanning PSJ bosh murabbiyi bo‘lishining sabablari

"PSJ" muxlislari optimizmining asosiy sababi Zidanning Fransiya terma jamoasida bo‘sh o‘rin kutayotgani, ammo Didye Desham shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirganidir.

Bu Zidanning murabbiylikka qaytishi mumkin bo‘lgan bir yo‘lni istisno qiladi, shu bilan birga u hozir "Real Madrid"ga qaytishi dargumon, garchi "Santyago Bernabeu" har doim uning uyi bo‘lib qolsa-da.

Italiyada uning "Yuventus" boshqaruvini qo‘lga olish imkoniyati bor, ammo hozir Turin klubiga o‘tish uchun ideal vaqt emas.

Til muammosi sabab Zidanning Angliya yoki Germaniyaga ketishi g‘oyasi real emas.

Bularning barchasi 50 yoshli murabbiy uchun "PSJ"ni yanada jozibador variantga aylantiradi. Marselda tug‘ilgan bo‘lsa ham, bu ZiZu uchun to‘siq hisoblanmaydi.

"Hech qachon hech qachon demang", dedi u L'Equipe gazetasiga bergan intervyusiga.

Kiritildi: 23:21, 10.03.2023.
O'qildi: 1467 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.