Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton 2-2 Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa 1-2 Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao 3-1 Selta
22/09 19:30 Surxon 0-1 Bunyodkor
22/09 20:00 Fransiya 1-4 Eron
22/09 20:00 Venesuela 7-3 Gvatemala
22/09 20:30 Manchester Siti 2-2 Arsenal
22/09 21:00 Roma 3-0 Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal 1-5 Barselona
22/09 23:45 Inter 1-2 Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves

Konte "Tottenxem"da muvaffaqiyatsizlikka uchradi, hatto o‘yinchilar ham isyon ko‘tarishyapti. Antonioda ishdan ketish xavfi bormi?

Konte "Tottenxem"da muvaffaqiyatsizlikka uchradi, hatto o‘yinchilar ham isyon ko‘tarishyapti. Antonioda ishdan ketish xavfi bormi?

Baho:
+ | -

"Tottenxem" xo‘jayini Daniyel Levi shu kunlarda qiyin ahvolda. Antonio Konte bir hafta ichida ikkita musobaqadan – Chempionlar Ligasi va Angliya Kubogidan chiqib ketdi, va aftidan haydalishga yaqin. Lekin buning uchun pul talab etiladi (Konte an’anaviy ravishda yuqori tovonga ega), uni faqat Chempionlar ligasiga chiqish orqali yengish mumkin. Antonio o‘tgan mavsumda to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, bu yil uni almashtiruvchi ham shunday qila oladimi? Bu savolga javob ko‘p narsani hal qiladi.

“Milan” bilan golsiz durangdan so‘ng Antonio taslim bo‘lganday gapirdi: “Ular meni mavsum yakuniga qadar ishdan bo‘shatishlari mumkin. Kim biladi deysiz, balki boshliqlarning hafsalasi pir bo‘lgandir”, - dedi murabbiy matbuot anjumanida. Bunday fikrlar Antonioning klassik gaplaridandir, siz ularni e’tiborsiz qoldirishingiz mumkin. Lekin hozir bazi futbolchilar ham undan norozi.

Risharlison "Milan" bilan o‘yinda zaxira o‘rindig‘ida qoldi va shunday dedi: "Men buni tushunmayapman. Men uchun hammasi yaxshi o‘tdi, yaxshi davr keldi, biz “Vest Xem” va “Chelsi”ni mag‘lub etdik. Va to‘satdan u meni zaxira o‘rindig‘iga qo‘yib, "Vulverxempton"ga qarshi o‘yinda besh daqiqaga maydonga tushirdi. Men undan so‘radim, nega bunday bo‘ldi, deya. U javob bermadi. Menda jarohat bor edi, to‘g‘ri. Lekin maydonga kirib, jonimni berishga tayyorman. Ikki o‘yinni yaxshi o‘tkazdim".

Hozircha boshqa hech kim Konte haqida hech kim bunday gapimagan edi va The Athletic ma’lumotlariga ko‘ra, yetakchi o‘yinchilar qattiq va bir xil mashg‘ulotlardan mamnun bo‘lmasa ham, buni rejalashtirmaydi. Taxminlarga ko‘ra, Levi qaror qabul qilishda ularning fikrini inobatga oladi.

Ammo muxlislar italiyalikka ishonchni yo‘qotishdi. "Tottenxem" so‘nggi o‘n yilliklarda sovrinlar shkafi bo‘m-bo‘sh bo‘lgan klub shon-shuhratiga qaramay, biroz boshqacha tartibga solingan - natija emas, o‘yin muxlislar uchun birinchi o‘rinda. "Shporlar" muxlislaridan biri shunday yozgan: "Klubdan tashqaridagilar narsalarni noto‘g‘ri talqin qilishadi. Hech bir aqlli “Tottenxem” muxlisi Premyer-liga yoki Chempionlar ligasida har yili to‘rtinchi o‘rinni egallashini kutmaydi. "Shporlar" har doim dam oluvchi jamoa bo‘lib kelgan, ammo Kontening futbol uslubi zerikishdan boshqa narsa emas. Men hatto “Milan”ga qarshi o‘yin mavsumning eng yomon soati bo‘lganini aytgan bo‘lardim”.

Demak, Kontening qo‘rqoq o‘yinlari muxlislar tomonidan kechirilmaydi. Ayrim futbolchilar allaqachon italiyalikning asosiy tarkibni shakllantirish yoki mashg‘ulot jarayonidagi siyosatini qoralamoqda. Daniyel Levini faqat shartnomani bekor qilganlik uchun yuqori tovon puli Konteni ishdan bo‘shatishdan to‘xtatib turibdi. Qanday bo‘lmasin, Antonio Kontening "Tottenxem"dagi kunlari sanoqli qoldi, agar u mavsum oxirida mo‘’jiza ko‘rsatib, masalan, Premyer-ligada g‘alaba qozonmasa - qolgan barcha variantlar katta ehtimol bilan uning iste’fosiga olib keladi.

Italiyalik murabbiy uchta transfer oynasida deyarli 300 million yevro sarfladi, ammo mavsumdagi natijalaridan hech kim qanoatlanmaydi. Kulushevski yoki Risharlison barqaror yuqori saviyali o‘yin ko‘rsata olishmadi, Kontening deyarli barcha transferlarida shunday holat. Kelgach, jamoaga mustahkam poydevor yaratishga, poydevor qo‘yishga yordam berish istagini bildirgan murabbiy buni yomon uddaladi. Bunday poydevorda "shporlar" uzoqqa bormaydi.

Jamoaga kim kelishi kerak? Ingliz OAV xabariga ko‘ra, "Tottenxem" allaqachon izlanishda, Levi boshqaruvchi direktor Fabio Paratichiga o‘rinbosar topish vazifasini topshirgan. Asosiy nomzod Luis Enrike sanaladi, ammo boshqa nomlar ham bor. Masalan, Frankfurtning “Ayntraxt”idan Oliver Glasner, “Sporting”dan Ruben Amorim yoki hatto Luchano Spaletti. Barcha murabbiylar munosib va allaqachon katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Glasner Yevropa ligasida g‘olib chiqdi, Amorim "Benfika" va "Portu"ning 20 yillik hukmronligini to‘xtatdi va Spaletti Italiyada "Napoli" bilan nima qilayotgani o‘zingizga ham ayon.

Kiritildi: 13:44, 11.03.2023.
O'qildi: 1546 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.