Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

De Yong: "Hech qachon La Liga chempionligini qo‘lga kiritmaganman"

De Yong: "Hech qachon La Liga chempionligini qo‘lga kiritmaganman"

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritish maqsadi haqida gapirdi.

"Hech qachon La Ligada g‘alaba qozonmaganman. Bu mening "Barselona"dagi to‘rtinchi yilim, bu sovringa eng yaqin bo‘lganim. Ammo hali ko‘p o‘yinlar bor. Men chempionlikni qo‘lga kiritmoqchiman - bu bizning asosiy maqsadimiz. Biz bunga erishish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

Har bir uchrashuv juda muhim. Lekin Bilbaodagi o‘yin mavsumning eng qiyinlaridan biri bo‘ladi. U "El Klasiko" oldidan bo‘lib o‘tadi, shuning uchun bizga g‘alaba kerak. Biz bor e’tiborimizni "Atletik"ga qaratganmiz, ammo "Real" kelasi haftada ekanligini hamma biladi. Agar ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozonsak, juda katta qadam tashlagan bo‘lamiz. Ammo La Liga tugamaguncha bu hech qachon yakuniy bo‘lmaydi" - dedi de Yong RAC1 bilan suhbatda.

“Barselona” turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va "Real"dan 6 ochko oldinda, Kataloniyada bir o‘yin kam. "Atletik"ga qarshi o‘yin bugun tunda bo‘lib o‘tadi.

 

Kiritildi: 09:51, 12.03.2023.
O'qildi: 2172 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик