Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

Gvardiola jamoasiga "Chelsi" himoyachisini olib kelmoqchi

Gvardiola jamoasiga "Chelsi" himoyachisini olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

Avvalroq, "Manchester Siti" chap qanot himoyasini kuchaytirish variantlaridan biri sifatida Ben Chiluell variantini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.

The Athletic nashrining klubdagi anonim manbalariga tayanib xabar berishicha, futbolchiga "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning o‘zi qiziqish bildirmoqda. Ispaniyalik murabbiy Benni 2020 yilda yana o‘z jamoasida ko‘rmoqchi edi, ammo keyin "Chelsi" 26 yoshli himoyachi bilan shartnoma imzoladi.

"Manchester Siti"da chap qanot himoyachisi pozisiyasida hozirda markaziy himoyachi Natan Ake o‘ynaydi. Yanvar oyi oxirida Joau Kanselu Gvardiola bilan mojaro tufayli jamoani tark etgandi. Shaharliklar uni "Bavariya"dagi ijarasidan qaytarishlari yoki qaytarmasliklari hozircha noma’lum.

Chiluell jarohati tufayli mavsumning bir qismini o‘tkazib yubordi. Umuman olganda, u "Chelsi" safida Premyer-liga va Chempionlar ligasida 22 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 09:54, 13.03.2023.
O'qildi: 3417 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.