Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Mirjalol Qosimov: "Penalti ham yo‘q joydan sodir bo‘ldi"

Mirjalol Qosimov: "Penalti ham yo‘q joydan sodir bo‘ldi"

Baho:
+ | -

Superliganing 2-turidan o‘rin olgan OKMK – “Bunyodkor” (2:3) uchrashuvidan so‘ng olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Oddiy vaziyatlarda ham xatoga yo‘l qo‘ydik. Birinchi bo‘limda o‘zimiz ularga vaziyatlar yaratib berdik. “Bunyodkor” zich himoyalandi. Raqib hujumchilari ham qarshi hujumda noqulayliklar yaratdi. Penalti ham yo‘q joydan sodir bo‘ldi. Komilov noto‘g‘ri pas berdi. Qolaversa, Ergashev ham oddiy o‘ynab, to‘pni maydondan chiqarib yuborishi kerak edi. Ketma-ket yo‘l qo‘yilgan xatolar qimmatga tushdi.

Men qo‘l ostimdagi barcha futbolchilarga imkon berishga harakat qilaman va tez-tez rotasiya qilaman. Bunday xatolar hammada ham uchrashi mumkin, masalan Rahimov ham xuddi shunday gol o‘tkazishi mumkin edi. Jamoalar hali jismonan tayyor emas. “Nasaf”ning kechagi bahsi ham bunga misol bo‘ladi. Oldimizga katta maqsad qo‘yilgan ekan, bunday xato qilish yaramaydi”, – dedi Qosimov.

Kiritildi: 21:54, 13.03.2023.
O'qildi: 2087 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик