Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi - Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Ravshan Haydarov: «Yarim finalda o‘zimiz uchun kerakli bo‘lgan natijani qo‘lga kiritamiz, deb o‘ylayman»

Ravshan Haydarov: «Yarim finalda o‘zimiz uchun kerakli bo‘lgan natijani qo‘lga kiritamiz, deb o‘ylayman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va futbolchi Po‘latxo‘ja Xoldorxonov Koreyaga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Ravshan Haydarov

Ertangi o‘yin haqida:
Barchaga assalomu alaykum. Avvalambor, bu bosqichga yetib kelgan jamoalarni tabriklayman. Shu o‘rinda, muxlislarimizga, futbolchilarga, ularning ota-onalari hamda tarbiyalagan murabbiylariga minnatdorchilik bildiraman.

Ertaga bizni muhim uchrashuv kutib turibdi. Tiklanish-tayyorgarlik jarayonlari reja bo‘yicha yaxshi o‘tdi, o‘ylaymanki, yarim finalda o‘zimiz uchun kerakli bo‘lgan natijani qo‘lga kiritamiz.

Futbolchilarning ayni paytdagi holati haqida:
Biz terma jamoaga eng munosib nomzodlarni chaqirganmiz. Bizda 23 nafar kuchli futbolchi bor. Ular individual mahoratli. Lekin biz uchun jamoaviy o‘yin muhim hisoblanadi. Aynan shuning ustida doimiy ishlab boryapmiz va e’tiborimizni shunga qaratganmiz.

Koreyaga qarshi o‘yin uslubi haqida:
Avstraliyaga qarshi o‘tgan bahsda juda ko‘p vaziyatlar yaratdik. Agar siz yutishni xohlasangiz, gol urishingiz, vaziyatlar yaratishingiz kerak.

Koreya hujumda yaxshi harakat qiladi. Ular barcha o‘yinlarda birinchi raqamli bo‘lib harakat qilishdi. Jamoaning hujum va yarimhimoyasida tezkor futbolchilar bor. Biroq biz ham o‘zimizning o‘yinimiz, rejamiz bo‘yicha maydonga tushamiz.

Po‘latxo‘ja Xoldorxonov

Ertangi o‘yin haqida:
Assalomu alaykum. Barcha yurtdoshlarimizni Jahon chempionati yo‘llanmasi va yarim final bilan tabriklayman. Ertaga o‘z o‘yinimizni namoyish etib g‘alaba qozonishni maqsad qilganmiz.

Minglab muxlislar qarshisida o‘ynash haqida:
Bu ajoyib. Ular bizni qo‘llab-quvvatlamoqdalar. Hech qanday bosim emas, ularning qarshisida o‘ynash yoqimli va qo‘shimcha kuch beradi.

Raqib haqida:
Koreya o‘ziga yarasha kuchli jamoa. Biz ularning o‘yinini o‘rgandik, barcha jamoada bo‘lgani singari ularning ham kuchli va kuchsiz tomonlari bor. Ertaga o‘z o‘yinimizni namoyish etib, turnir chempionligi uchun kurashishda davom etamiz.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 13:33, 14.03.2023.
O'qildi: 6946 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик