Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Murabbiylar: Mavsumning yorqin kashfiyoti

Murabbiylar: Mavsumning yorqin kashfiyoti

Baho:
+ | -

«Lans» - Yevropa futbolidagi mavsum kashfiyotlaridan biri. Hozir jamoa turnir peshqadami bo‘lmish «PSJ»dan 10 ochkoga ortda qolgan holda 4-pog‘onada bormoqda

 Lekin sal avvalroq  atigi 30000 aholisi bo‘lgan mitti shaharcha vakili poytaxt grandi bilan yetakchilik roli uchun qizg‘in kurash olib borayotgandi. Garchi, hozir chempionlik «Lans» uchun orzuga aylanib borayotgan bo‘lsada, o‘yini chakki emas. Uning tarkibida top-klublar e’tiborini tortgan o‘yinchilar bor.

Qaysi o‘yinchilar  jiddiy e’tiborga loyiq?

Liga1 yo‘llanmasini 2020 yil bahorida qo‘lga kiritdi va elitadagi dastlabki ikki mavsumni 7-o‘rinda yakunladi. Joriy mavsumda klub o‘z tarixidagi rekord sotuvni amalga oshirdi - Sheyk Dukure («Kristal Pelas»), Jonatan Klauss («Marsel»), Simon Banza, Ignatius Ganago va Korenten Jan kabi yetakchilar jamoani tark etishdi, «Lans» g‘aznasi 52 mln. yevroga boyidi. Lekin mablag‘ «is bosib» qolgani yo‘q - 38 mln. evaziga Salis Abdul Samad va Belgiya terma jamoasi tarkibida Qatar mundialiga yo‘l olgan «Bryugge» hujumchisi Lois Openda (hozir 9ta gol bilan «Lans»ning eng yaxshi to‘purari) jamoa safidan joy olishdi.

Shuningdek, 32 yoshli Florian Sotoka kutilmaganda yetakchi maqomiga ko‘tarildi. Qizig‘i, avvalroq u markaziy hujumchi edi. Endi 2-to‘lqinda o‘ynayotgan bo‘lsada, sermahsulligi (2-to‘purar va assistlar bo‘yicha peshqadam) oshdi. Tabiiyki, jamoa sardori Seko Fofana murabbiy ishonchini oqlamoqda. Pozision hujumlar aynan u orqali tashkil etiladi. Seko o‘rta chiziq markazida o‘ynasada, chap qanotga tez-tez o‘tib turadi. To‘pni qabul qilgach, markazga intiladi yoki olisdan zarba yo‘llaydi.

Bosh murabbiy - yoga shaydosi

«Lans» - murabbiy jamoasi. Frank Es «Lans»ni 3 yildan beri boshqarmoqda. Avvaliga jamoani elitaga olib chiqdi, keyin 3-mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazmoqda. Es bilan hamkorlik qilgan barcha kishilar uning halolligi, xotirjamligi va kamtarligini maqtashadi. «Jamoada Frankdan norozi bo‘lgan birorta futbolchini uchratmadim», - deydi u bilan «Mayen»da birgalikda ishlagan Patrik Leru. «Lans» o‘yinchilari muvaffaqiyatga ajoyib ichki muhit va murabbiy berayotgan motivasiya sababchi ekanligini ta’kidlaydilar. Shu bois, ahil jamoada muammolar yo‘q, hamma muvaffaqiyatga erishish yo‘lida tirishqoqlik bilan mehnat qiladi. 2022 yil kuzida Frank Es o‘zining faoliyat doirasini kengaytirib, bosh va sport direktorlari bajaradigan yumushlarni ham o‘z zimmasiga oldi. Avvalgi sport direktori Floran Gizolfi «Nissa»ga o‘tib ketdi, uning yordamchisi Gregori Til texnik direktor lavozimini egalladi. Es bu yumushlardan tashqari, «Lans»ning yoshlar markaziga ko‘proq e’tibor qaratadigan bo‘ldi. Til esa transfer masalalarini boshqaradigan bo‘ldi. Qisqasi, bosh murabbiy hozirda umuman ta’tillarsiz ishlash evaziga bir necha yo‘nalishni boshqarmoqda. Chinakam menejer. Darvoqe, Frank Esga oid yana bir qiziqarli fakt: u yoga shaydosi, endi murabbiy sevimli mashg‘ulotini jamoaga tatbiq etib, shogirdlari bilan birgalikda shug‘ullanmoqda.

Taktik jihatlar

Frank Es raqibga bosim o‘tkazishga mo‘ljallangan 3-4-3 taktik sxemasidan foydalanadi, «Lans» pressing tig‘izligi bo‘yicha Liga1ning 4-jamoasi. Jamoaning himoya chizig‘i esa joriy mavsumda eng yaxshi natijani qayd etmoqda - 26ta o‘yinda 21ta to‘p o‘tkazib yuborgan. Hatto «PSJ» ham o‘z darvozasidan ko‘proq gol o‘tkazib yubordi. «Lans»ning markaziy himoyachilari maydonda asosan, quyidagi tartibda to‘p surishadi: Kevin Danso markazda, Fakundo Medina va Jonatan Gradi qanotlarga yaqinroq pozisiyalardan joy oladilar. Lekin chempionatning eng ishonchli himoya chizig‘i ham kamchiliklardan xoli emas. Bu - havodagi yakkakurashlar. Danso havodagi qarama-qarshilikning 74 foizini o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa, Medina (42) va Gradi (41) imkoniyatni boy berishgan. Markaziy himoyachi uchun halokatli ko‘rsatkich! Biroq «Lans» ko‘pchilik bo‘lib himoyalanishga odatlangan, faol harakatlanadigan yarim himoyachilar va qanot himoyachilari hamjihatlikda «2-qavat»dagi muammolarni bartaraf etadilar. Qo‘shimchasiga, darvozada Bris Samba ishonchli to‘p surmoqda. Uning boshqa kasbdoshlarida bo‘lmagan ajoyib «quroli» bor - to‘pni bitta qo‘li bilan ushlab oladi. Qaytarib yubormaydi, mahkam ushlab oladi! Anchayin xavfli tryuk, ammo samarali.

Joriy mavsumda Frank Es pozision hujumlarni yanada rivojlantirishga, shu yo‘l orqali autsayderlarga qarshi bahslarda ochko yo‘qotmaslikka intilmoqda. Maqsad - YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Mazkur urinishlar o‘z natijasini bermoqda - to‘p nazorati bo‘yicha «Lans» 2020/2021 yillar mavsumida 51,1 foiz, 2021/2022da 50,7 foiz ko‘rsatkichni qayd etgan bo‘lsa, hozir 59,1 foizlik natija bilan Liga1ning 4-jamoasi bo‘lib turibdi. Lekin pozision hujumlar samarasi maqtaydigan darajada emas. Jamoa hujumi asosan quyidagi tartibda amalga oshiriladi: qanot himoyachisi reyd uyushtiradi (bu borada Medina 2, Gradi 7, Danso 10-o‘rinda) va to‘pni hujumkor yarim himoyachilarga yoki tayanch yarim himoyachisi Fofanaga uzatadi. Keyin raqib himoyachilari orasidan uzatilgan to‘pga hujumchilardan biri yetib keladi. Bu variant ish bermasa, to‘pni qanotdagi Frankovskiga yo‘llashadi. U esa jarima maydonchasini bombardimon qiladi. Ba’zan «Lans»da to‘pni pastdan olib yurishda tezlik yetishmaydi, samarali qisqa uzatmalar juda kam. O‘yin sur’ati oshgan pallada «Lans» xavfli vaziyatlarni yarata oladi.

«Lans»ni YECHLda  ko‘ramizmi?

«Lans»ning hozirgi tarkibi saviyali va tirishqoq o‘yinchilardan shakllangan, rahbariyat va murabbiy bir,biriga ishonadi va albatta, YECHLga chiqishni istaydilar. Lekin ochig‘i, taraqqiyotning bosqichi rolini YEL yo‘llanmasi ham bemalol ado etgan bo‘lardi. Eng asosiysi - «Lans» Frank Esning uzoq muddatga mo‘ljallangan loyihasi. U o‘z ta’bi-istagiga ko‘ra ijod qiladigan mustaqil san’atkor. Ha, zamonaviy pragmatik futboldagi kamyob voqea.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:33, 14.03.2023.
O'qildi: 3608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.