“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola YECHL 1/8 finalida “RB Leypsig” bilan javob o‘yinidan so‘ng o‘z kumirlari haqida gapirdi.
“Mening uchta kumirim bor: Tayger Vuds, Maykl Jordan va Juliya Roberts. Bu mening uchligim”, - deya xabar beradi Daily Mail murabbiyning so‘zlarini.
“Manchester Siti” javob o‘yinida “RB Leypsig”ni 7:0 hisobida mag‘lub etdi. Birinchi o‘yin 1:1 hisobida yakunlangandi.