Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor 0-0 Ash-Shamol
12/10 21:30 Atalanta 3-1 Venetsiya
12/10 23:15 An-Nasr (SA) 3-1 Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa 1-2 Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya 1-4 Al-Ayn
12/10 23:45 Torino 2-1 Udineze
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-1 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah - Slaviya
13/10 21:45 Lans - Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy - Barselona
13/10 23:59 Atletiko - Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal - Lill
13/10 23:59 Vilyarreal - Napoli
13/10 23:59 Inter - Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig - PSV
13/10 23:59 Viking - Bavariya

Konferensiyalar ligasi. Chorak final qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Konferensiyalar ligasi. Chorak final qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Baho:
+ | -

Yevropa konferensiyalar ligasi nimchorak final bosqichi o‘yinlari yakuniga yetib, chorak finalga chiqqan barcha jamoalar nomi aniq bo‘ldi. Endi navbat chorak final, yarim final va final uchun qur’a tashlash marosimiga.

Qachon va qayerda?
Qur’a tashlash marosimi 17 mart, juma kuni Toshkent vaqti bilan 17:00da UYEFA qarorgohi joylashgan Shveysariyaning Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchi-jamoalar
Yevropa konferensiyalar ligasining chorak finaliga quyidagi 8 jamoa chiqdi:

"Alkmaar" (Niderlandiya)
"Anderlext" (Belgiya)
"Bazel" (Shveysariya)
"Vest Xem" (Angliya)
"Gent" (Belgiya)
"Lex" (Polsha)
"Nissa" (Fransiya)
"Fiorentina" (Italiya)

Qur’a mexanizmi
Qur’a "ko‘r-ko‘rona" tarzda o‘tkaziladi. Jamoalar savatchalarga ajratilmaydi. Hech qanday cheklovlar yo‘q. Bir mamlakat vakillari hamda bir guruhda ishtirok etgan jamoalar o‘zaro to‘qnash kelishlari mumkin. Qur’ada birinchi tortilgan jamoa ikkinchi klub bilan to‘qnash keladi; uchinchi jamoa to‘rtinchi jamoa bilan va hokazo. Qur’ada birinchi tortilgan klub chorak finalning dastlabki o‘yinini o‘z maydonida o‘tkazadi.

Yarim final qur’asi
Musobaqaning yarim finaliga qur’a tashlash marosimi ham shu kunning o‘zida o‘tkaziladi. Finalda esa nominal mezbonni aniqlash uchun qur’a tashlanadi.

Mehmondagi gol qoidasi
Yevrokuboklarda mehmondagi gol qoidasi mavsum-2021/22dan boshlab bekor qilingan. Agar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisob teng bo‘lsa, qo‘shimcha bo‘limlar belgilanadi. Unda ham g‘olib aniqlanmasa, penaltilar tepiladi.

Taqvim
Chorak final o‘yinlari 13 aprel hamda 20 aprel kunlari o‘tkaziladi. Yarim final esa 11 may va 18 may sanalariga belgilangan. Final 7 iyun kuni Pragadagi "Eden Arena"da bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:18, 17.03.2023.
O'qildi: 2818 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик