Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt nega “Chelsi” hujumchisi Raxim Sterlingni chaqirmaganini aytdi.
Hujumchi Italiya va Ukrainaga qarshi Yevro-2024 saralash o‘yinlariga chaqirilgan 25 nafar futbolchi ro‘yxatiga kiritilmagan.
“Raxim Sterling hozir tayyor emas, bor yo‘g‘i shu. Agar u yaxshi bo‘lsa, men albatta uni chaqirgan bo‘lardim", - dedi Sautgeyt.
Sterling APLning 27-turidan o‘rin olgan "Lester"ga (3:1) qarshi o‘yinni mushak jarohati tufayli o‘tkazib yubordi.
U joriy mavsum “Chelsi” safida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.