Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Samvel Babayan: «Agar durang bo‘lganida, adolatdan bo‘lar edi»

Samvel Babayan: «Agar durang bo‘lganida, adolatdan bo‘lar edi»

Baho:
+1 | -

Superliganing 3-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Navbahor” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Samvel Vyacheslavovich odatgidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— Barchaga xayrli kech. Bugun chempionatning eng yorqin va eng muhim o‘yini bo‘lib o‘tdi. Agar durang bo‘lganida, adolatdan bo‘lar edi. Bahsning birinchi daqiqasida o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik, ammo yigitlar o‘yinga qayta olishdi. Keyin xato qilib, yana to‘p o‘tkazdik, ammo yana qaytdik.

Bir kishi kam bo‘lib penalti ishladik, uni ammo uni golga aylantira olmadik. Bugun yigitlarimga achindim. Muxlislarimiz mag‘lubiyatga loyiq emas edi. Ular bugun bizni o‘z uyimizda o‘ynagandek his qilishimizga yordam berishdi. Hali hammasi oldinda. Biz endi qo‘shyapmiz. Mexanizmimizni yanada kuchaytiramiz. Bizda boshqa variant yo‘q. Oldimizga katta maqsadlar qo‘yganmiz.

— Oston O‘runov nega zaxiraga olindi?
— Oston yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, ammo ruhan charchab qoldi. Biz yengilayotgan paytimizda uni maydondan olib, yangi kuchni jangga tashladik. Bu normal holat.

— Farrux Ikromovning darajasi qanday?
— Uning imkoniyatlariga shubham yo‘q. Biz uni kechroq maydonga tushirganimiz hech narsani anglatmaydi. Farrux endigina jarohatidan forig‘ bo‘ldi. U hali to‘liq sport formasini tiklay olgani yo‘q.

— Bugun “Navbahor” biroz maydonda cho‘chib harakat qilgandek tuyuldi. Bu nima bilan bog‘liq?
— Birinchi navbatda, markaziy o‘yinning ilk daqiqasidayoq qo‘pol xatodan o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik. Raqib maydonida bunday startdan so‘ng o‘yinga qaytish oson emas. Yigitlar bu ishni uddalashdi. Bir kishi kam bo‘lib ham penalti ishladik, ammo buni golga aylantirishning imkoni bo‘lmadi.

Bizga ayrim vaziyatlarda uyushqoqlik yetishmadi. Hozir imkoniyatlarimizni 70 foizini ham amalga oshira olmadik. Bu borada ishlaymiz.

Davron Hoshimov juda qo‘pol xato qildi. U emosiyalarini jilovlab olishi kerak edi. Qiziqqon yurak va sovuq miya bilan harakatlanish lozim. Hoshimovga nisbatan raqib provakasiya qildi. Yakunda u o‘z maqsadiga yetdi ham. Shunga qaramay, uning qilgan ishini oqlay olmayman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 08:09, 18.03.2023.
O'qildi: 2561 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.