Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol - Port
14/10 15:00 Vissel Kobe - Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib - Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf - Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra - Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK - Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq - Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun - Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy - An-Nahda
14/10 21:45 LASK - Liverpul
14/10 21:45 Feyenoord - Komo
14/10 23:59 Manchester Siti - PSJ
14/10 23:59 Roma - Real Madrid
14/10 23:59 Aston Villa - Fenerbaxche
14/10 23:59 Betis - Portu
14/10 23:59 Bude-Glimt - Borussiya D
14/10 23:59 Slovan - Shtutgart
14/10 23:59 Shaxtyor - AEK

Spaletti uchun sovrin yutish payti keldi

Spaletti uchun sovrin yutish payti keldi

Baho:
+ | -

Spalettida anchadan beri sovrin yo‘q edi

Bu mavsum «Napoli» uchun atalgandek go‘yo. Boshqa hech qanday tushuntirishga hojat yo‘q. «Milan» chempionlikdan so‘ng bunchalar zaif o‘ynashini, «Inter» hammaga ketma-ket ochko berishini, «Yuve» moliyaviy firibgarlikdan jabr chekishini kimdir kutganmidi? Buni bir vaqtning o‘zida hazm qilish qiyin. Ammo «Napoli» buni istisno qildi. Luchano Spaletti jamoasi Yevropadagi hammadan tezroq chempionlikka oshiqmoqda va munosib ravishda kubokni oladi ham (ikkinchi o‘rindan 18 ochkolik ustunlik mavjud).

Chempionlar ligasi boshqa voqea. «Liverpul», «Ayaks» va «Reynjers» bilan bir guruhdan joy olgan edi neapolliklar. «Napoli» «Liverpul»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi va darhol o‘zini guruh favoriti sifatida ko‘rsatdi. U birinchi o‘rinni egallab, 1/8 finalda «Real» bilan uchrashuvdan omon qoldi. Buning o‘rniga neapolliklar «Ayntraxt»ga ro‘baro keldi va endi chorak final. Hikoyaning tugash vaqti keldimi? Lekin hali bunga erta. Chunki qur’a buni aytib turibdi. «Napoli»ga «Milan» raqib bo‘ldi. Yarim finalda esa «Inter» – «Benfika» juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

«Napoli»ning oson raqib bo‘ladi deganlar adashadi. Bu mavsumda neapolliklar Italiya chempionatida «Milan»ni mag‘lub etishdi va tez orada ular yana uchrashadilar. Aytgancha, «Inter» bilan vaziyat boshqacha: jamoa aksincha, mag‘lub bo‘ldi. Vaholanki, Neapol klubi bu raqiblardan aslo kam emasligini hamma tushunadi. Xuddi «Benfika» kabi. Bunga sehrli mavsumni, motivasiyani, Xvicha va Osimxen tandemini qo‘shsak, jamoani bemalol finalga yo‘l oladi deyish mumkin. Kafolatlanmagan, lekin juda ehtimoli yuqori bo‘lgan taxmin.

«Napoli» juda omadli jamoa. Qur’ada «Bavariya», «Manchester Siti» va «Real» tushmadi. Spalletti uchun alohida quvonish mumkin. U 2012 yildan beri, «Zenit» bilan Rossiya chempionligini qo‘lga kiritganidan beri sovrinsiz edi. Nimanidir yutish vaqti keldi va bu mavsum buning uchun ajoyib imkoniyatdir.

Kiritildi: 13:00, 18.03.2023.
O'qildi: 1255 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик