Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Alaves 2-3 Valyadolid
19/10 15:00 Lokomotiv 2-3 Bunyodkor
19/10 16:30 Tottenhem 4-1 Vest Xem
19/10 17:00 Atletik Bilbao 4-1 Espanyol
19/10 17:15 Metallurg 0-0 Andijon
19/10 18:00 Komo 1-1 Parma
19/10 18:00 Jenoa 2-2 Bolonya
19/10 19:00 Fulhem 1-3 Aston Villa
19/10 19:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
19/10 19:00 Nyukasl 0-1 Brayton
19/10 19:00 Sautgempton 2-3 Lester
19/10 19:15 Osasuna 1-2 Betis
19/10 19:15 Ipsvich 0-2 Everton
19/10 21:00 Milan 1-0 Udineze
19/10 21:30 Jirona 0-1 Real Sosyedad
19/10 21:30 Bornmut 2-0 Arsenal
19/10 23:45 Yuventus - Lasio
20/10 00:00 Selta - Real Madrid
20/10 15:00 Neftchi - Navbahor
20/10 15:30 Empoli - Napoli
20/10 17:00 Malyorka - Rayo Valyekano
20/10 17:15 Olimpik - Qizilqum
20/10 18:00 Lechche - Fiorentina
20/10 18:00 Venetsiya - Atalanta
20/10 18:00 Vulverhempton - Manchester Siti
20/10 19:15 Atletiko - Leganes
20/10 20:30 Liverpul - Chelsi
20/10 21:00 Kalyari - Torino
20/10 21:30 Vilyarreal - Xetafe
20/10 23:45 Roma - Inter
21/10 00:00 Barselona - Sevilya
21/10 18:00 So‘g‘diyona - OKMK
21/10 23:45 Verona - Monsa
22/10 00:00 Valensiya - Las-Palmas
22/10 00:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas

«Futbolchilar ham javobgarlikni o‘z zimmalariga olishi kerak» — Konte o‘z uslubida «bomba» intervyu berdi

«Futbolchilar ham javobgarlikni o‘z zimmalariga olishi kerak» — Konte o‘z uslubida «bomba» intervyu berdi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» APLning jadval bo‘yicha so‘nggi jamoasiga qarshi bahsda ochko yo‘qotishga majbur bo‘ldi - 3:3. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, «Sautgempton» 93-daqiqada o‘ta shubhali penaltidan hisobni tenglashtirdi. Odatda bunday vaziyatda murabbiy hakamlikdan norozi bo‘ladi, biroq Antonio Konte bunday qilmadi. Avvaliga murabbiy flesh-intervyuga bordi va u yerda Sky Sports telekanalining bir nechta savollariga javob berdi. Mana italiyalik nima degandi:

- Angliya kubogida «Sheffild»ga yutqazdik. Esimda, ularda tarkibning yarmi yoshlardan iborat bo‘lgan. Bugun biz «Sautgempton»ni 3:1 hisobida mag‘lub etayotgandik. Mening futbol haqidagi tushunchamni bilasiz: har qanday lahzada hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin, nima bo‘layotganidan ehtiyot bo‘lish kerak. Shunday narsa borki, birinchi bo‘lib murabbiy javobgar, klub aybdor, futbolchilar esa... Futbolchilar ham javobgarlikni o‘z zimmalariga olishlari kerak. So‘nggi oylarda ko‘rganlarimiz menga yoqmaydi. Men bunday vaziyatlarni ko‘rishga o‘rganmaganman. Men butun jamoa emas, xudbin o‘yinchilarni ko‘p ko‘ryapman.

- Uni qanday tuzatishni rejalashtiryapsiz? Murabbiy sifatida bu sizni qanchalik xafa qildi?

«Hozir biz eng yuqori nuqtaga yetdik. Bir yoki ikki kamchilikni yopish mumkin, lekin har doim haqiqatni aytish to‘g‘ri. Biz muxlislarni xursand qilishimiz kerak, lekin buni qilolmayapmiz. Hammamiz mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishimiz kerak. O‘tmishda bu klubda ko‘plab muhim murabbiylar bo‘lgan, ammo muammo doim bir xil bo‘lib kelgan. Balki futbolchilarni javobgarlikka tortish kerak deb o‘ylay boshlasak, ularning rivojlanishi uchun qulay fursat bo‘lar. Aks holda, Yevropa raqobatidan chetda qolib ketamiz.

Kontening bu bayonoti allaqachon kuchli rezonans berdi. Murabbiy kamdan-kam hollarda o‘yinchilarni bunday tanqid qiladi - ommaviy ravishda ulardan mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni kam talab qiladi. O‘shanda murabbiy matbuot anjumaniga borib, jurnalistlar savollariga javob bergan. Va bu yerda Antonio yana ochiqchasiga gapirdi.

- Biz professionalmiz. Klub bizga ko‘p maosh to‘laydi. O‘yinchilar pul olishadi. Men pul olaman. Tushundingizmi? Va bahona topish uchun emas, balki javobgarlikdan qochmaslik hissidir va biz aynan shuni ko‘rsatmoqdamiz. Faoliyatimda birinchi marta bunday holatni ko‘rishim. Hozirgacha buni tuzata olmadim, o‘tgan mavsumga nisbatan vaziyat ancha yomonlashdi.

- Nega?

- Bilmayman. Chunki hamma bu yerga o‘rganib qolgan. Futbolchilar bosim ostida o‘ynashni xohlamaydilar. Ular stress ostida o‘ynashni xohlamaydilar. Ha, usiz qiyin. «Tottenxem» tarixi shunday. Bu xo‘jayinning qo‘l ostida 20 yil o‘tdi va ular hech narsa yutmagan. Nega?

Kontening bayonotlari axborot bombasi kabi tus oldi. Balki murabbiy ketish uchun hamma narsani qilayotgandir. Noyabr oyida Ronaldu shunga o‘xshash intervyu berdi, lekin aniqroq rejalashtirilgan edi, hozir ham Konte mag‘lubiyatlardan keyin o‘z his-tuyg‘ulari bilan portladi. Kontening «Tottenxem» bilan shartnomasi 2,5 oydan keyin tugaydi. Qizig‘i shundaki, «Sautgempton»da bo‘lib o‘tgan safar o‘yinida «Tottenxem» direktorlar kengashi raisi Deniel Levi ishtirok etdi.

Albatta, Kontening bayonotlariga boshqacha munosabatda bo‘lish mumkin. Qaysidir ma’noda u to‘g‘ri bo‘lsa kerak, biroq bu shaklda murabbiyning gaplari nomaqbuldek ko‘rinadi. Konte bu orqali rahbariyatning ziqna siyosatini iztehzoli tanqid qildi. Buni tez-tez eshitganmisiz? Ayniqsa, top-klubda. Qizig‘i shundaki, bir hafta oldin Konte Risharlison bilan kelishmovchiliklar haqidagi savolga javob berdi va jamoa bo‘lib harakat qilish qanchalik muhimligini eslatdi.

«Faoliyatimda birinchi marta buni ko‘rmoqdaman» qo‘ng‘irog‘i klassik ohangda g‘azablangan maktab o‘qituvchisining so‘zlarini eslatadi: «Siz mening hayotimdagi eng yomon sinfsiz!» Tushunishingiz kerakki, Konte har doim janjal qilgan. Bu uning fishkasiga o‘xshaydi. Shunchaki, odatda transferlar yo‘qligi haqida shikoyat bo‘lardi. Endi «Tottenxem»da kuboklarning yetishmasligiga urg‘u berildi.

Konte futbolchilar va rahbariyatda nimadir noto‘g‘ri ekanligiga ishora qilmoqda. Balki shundaydir, lekin bunday bayonotlar bilan Kontening o‘zi rahbariyat va futbolchilar bilan aloqani uzadi va u buni mavsumning eng yaxshi to‘rttaligiga kirish imkoniyati mavjud bo‘lgan paytda amalga oshirgani biroz g‘alati bo‘ldi.

«Tottenxem» ochkolar soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda. Oldinda yana 10 tur bor va bu vaqt ichida Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borish juda muhim, ammo Konte jamoa va klub bilan ochiqdan-ochiq mojaroga kirishdi. Bu qanday bo‘lishini hozir bilmaymiz. Balki Kontening emosional portlashi jamoaga kuch berar. Ammo hozircha murabbiy futbolchilar va umuman vaziyatni nazorat qilishdan to‘xtaganga o‘xshaydi.

Konte hissiy murabbiylarning bir turi. Agar murabbiy jamoa bir-biri uchun kurashmaydi desa, bu uning aybidir. Qolaversa, 2021 yildan beri jamoada murabbiy uchun kadrlar o‘zgardi, yetakchilar hamon avvalgidek - Keyn, Xyoyberg va Son (garchi bu mavsum koreys uchun omadsiz bo‘lsa ham). Boshqa tomondan, Bentankur, Kulushevski va Perishichning transferlari ancha muvaffaqiyatli chiqdi. Faqat 2,5 oy vaqt qoldi.

Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, Konteni muddatidan oldin iste’foga chiqarish rejalashtirilmagan. Ko‘rinishidan, Antonio hali ham shartnomani oxirigacha ishlab chiqadi va yozda jamoani tark etadi. Biroq yaqinda Konte operasiya qilindi va davolandi. Uning hozir klubni tark etishi barchaga foyda keltiradigan ko‘rinmoqda.

Kiritildi: 18:29, 19.03.2023.
O'qildi: 1854 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.