"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Gaviga bo‘layotgan tanqidlariga munosabat bildirdi.
Mutaxassis kataloniyalik yarim himoyachining haddan tashqari tajovuzkor o‘yin ko‘rsatayotgani haqida gapirdi. 18 yoshli futbolchi joriy mavsumda 5 ta sariq kartochka oldi.
“U qassobdek o‘ynaydi, deyishadi. Tanqid qayerdan kelganini tushunaman.
Biz qilayotgan narsa o‘yinchini himoya qilish, shunda u diqqatini jamlaydi. U maydonda borini beradi, lekin hech qachon yomon niyatda harakat qilmaydi”, - deydi Xavi.