Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Evra: "MYU"ga o‘tishimdan oldin Fergyuson men bilan xuddi tergovchilardek suhbatlashgandi"

Evra: "MYU"ga o‘tishimdan oldin Fergyuson men bilan xuddi tergovchilardek suhbatlashgandi"

Baho:
+ | -

Patris Evra "Manchester Yunayted"ga o‘tishdan oldin Aleks Fergyuson bilan olib borgan muzokaralar haqida gapirdi.

Fransiyalik futbolchi 2006 yilda "Monako"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan edi.

"Ser Aleks mening agentim bilan gaplashdi va biz Parijdagi Sharl de Goll aeroportida uchrashdik. U fransuz tilini bilmas edi, shuning uchun muzokaralar ko‘proq Devid Gill tomonidan olib borilgan. Mening ingliz tilim yaxshi emas edi, shuning uchun agentim tarjima qildi.

Esimda, Fergyuson "Ichasizmi?" - dedi, yo‘q dedim. "Ziyofatlarga borishni yoqtirasizmi?" - dedi, ba’zan dedim. "Birorta ham o‘yinda yutqazmaslikka tayyormisiz?" - dedi, ha dedim. "Siz hatto durang o‘ynamaslikka ham tayyormisiz?" - dedi, ha deb javob berdim.

Men buni tergovchi so‘roq qilgandek his qildim. Uning qo‘lini siqib, "Men tayyorman. Agar men uni ishonchini oqlamasam, bu odam meni o‘ldiradi. Bu haqiqatan ham ta’sirli" - deb o‘yladim.

"Manchester Yunayted”dan oldin agentim “Liverpul” va “Inter” klublaridan ham variantlarimiz borligini aytdi. Esimda, agentim juda hayajonlanib: “Patris, bu “Manchester Yunayted” - degandi.

Men “MYU”ni Erik Kanton tufayli kuzatdim, shuning uchun bu menga katta ta’sir qildi, lekin Fergyuson bilan uchrashganimda o‘zgacha bir narsani his qildim. Agar siz bu odam bilan yaxshi ishlasangiz, g‘alaba qozonasiz va bu klub uchun katta yutuqlarga erishasiz" - dedi “Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi.

 

Kiritildi: 15:49, 21.03.2023.
O'qildi: 2233 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.