Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Birinchi liga 17 ta jamoa va 1 ta qo‘shimcha musobaqa bilan o‘tkaziladi

Birinchi liga 17 ta jamoa va 1 ta qo‘shimcha musobaqa bilan o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

2023 yilgi mavsumda Birinchi ligada 17 ta jamoa ishtirok etadi. Ulardan faqatgina 1 tasida sport prinsipi orqali Pro liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyati bo‘ladi. Jamoalarga, shuningdek, lisenziyalash talablarini bajarish shartida Pro liga eshiklari ochilishi mumkin. Avvalroq bunday imkoniyatdan «Andijon-SGS» hamda «Yunired» unumli foydalangandi.

Birinchi liganing joriy mavsum uchun geografiyasi ancha katta. Zero musobaqada eng sharqiy Andijondan ham, g‘arbiy Qoraqalpog‘istondan ham va janubiy Surxondaryodan ham jamoa mavjud. Shunga qaramay, Liga barcha jamoalar o‘zaro to‘qnash kelishi uchun harakat qiladi. Unga ko‘ra, Birinchi ligada bir davrali 17 ta tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur holatda har bir jamoa 16 tadan o‘yinda ishtirok etadi. Bellashuvlarning qay biri safarda va qaysi biri uyda o‘tishi masalasiga qur’a yordamida aniqlik kiritib olinadi.

17-tur yakunida eng so‘nggi o‘rinni band etgan jamoa musobaqa bilan xayrlashadi. 1-o‘rin egasi esa Pro ligaga o‘tish o‘yinida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Mana shu musobaqadan keyin Liga Birinchilik kubogini tashkil etadi. Kubokda tabiiyki, Birinchi liga yakuniga ko‘ra eng so‘nggi o‘rinni band etgan jamoa ishtirok etmaydi. Qolgan 16 jamoa esa ikki savatga ajratiladi. Ya’ni, Birinchi ligada dastlabki sakkiz o‘rinni egallagan jamoalar birinchi savatdan joy oladi, keyingi sakkizlik avtomatik ravishda ikkinchi savatda bo‘ladi.

Qur’a yordamida mazkur 16 jamoa sakkiz juftlikka ajratib olinadi. Bunda bir savat jamoalari o‘zaro to‘qnash kelmaydi. Shu tariqa 1/8 final doirasida jamoalar uy-safar o‘yinida ishtirok etadi. Bunda safarda urilgan gollar qiymatga ega bo‘lmaydi. Har ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisob teng bo‘lsa, navbat darhol penaltilar ceriyasiga beriladi.

Chorak final va yarim final bosqichlari uchun ham alohida qur’a tashlanadi. Bunda jamoalar savatlarga ajratilmaydi. Mazkur bosqichlarda ham o‘yinlar uy-safar tizimida va yuqorida qayd etilgan ko‘rinishda bo‘lib o‘tadi. Yakunda final o‘yiniga poytaxt Toshkent mezbonlik qiladi. G‘olib esa Pro liga yo‘llanmasi uchun o‘tish o‘yinida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi hamda poytaxt Toshkentda Birinchi liga g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Mana shu o‘tish o‘yini g‘olibi Pro liga chiptasini qo‘lga kiritadi. Agar Birinchi ligada ham, Birinchilik kubogida ham bitta jamoa zafar quchsa, u holda o‘tish o‘yini bekor qilinadi.

Shu tariqa Birinchi ligada 17-o‘rinni egallagan jamoa mavsum davomida 16 ta o‘yinda ishtirok etadi. Birinchilik kubogini nimchorak finalda tark etgan sakkiz jamoa mavsum davomida 18 ta o‘yin o‘tkazgan hisoblanadi. Mos ravishda chorak finalda musobaqani tark etgan to‘rt jamoada o‘yinlar soni 20 tani, yarim final ishtirokchilarida esa 22 tani tashkil qiladi. Final hamda o‘tish o‘yini ishtirokchilari mavsum davomida 24 ta bellashuvda maydonga tushadi.

Birinchi liga musobaqasiga tez orada qur’a tashlanadi hamda musobaqa taqvimi Liga tomonidan alohida e’lon qilinadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:40, 26.03.2023.
O'qildi: 2127 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.