Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" "Lids" futbolchisiga ko‘z tikmoqda

"Yuventus" "Lids" futbolchisiga ko‘z tikmoqda

Baho:
+ | -

"Lids" hujumchisi Uilfrid Gnontoga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Turin klubi yozda o‘z hujumchisi Moyse Kin bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda va hozirdanoq uning o‘rniga o‘rinbosar qidirmoqda. Uning o‘rniga asosiy nomzodlardan biri - Gnonto. Manbaning ta’kidlashicha, "Yuventus" allaqachon 19 yoshli italiyalik futbolchining vakillari bilan muzokaralarni boshlagan.

Gnonto joriy mavsumda Premyer-ligada 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 18 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 21:01, 26.03.2023.
O'qildi: 1348 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик