Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe terma jamoada gol urish borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
U hozirda "uch ranglilar" to‘purarlar ro‘yxatida Mishel Platinidan 3 ta gol ortda qolib, beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
"Platinigacha uchta to‘p? Bu men zabt etishim kerak bo‘lgan yana bir maqsad. Platini Fransiyaning mutlaq afsonasi. Undan o‘zib ketsam ham, u yurtimizning afsonaviy futbolchisi bo‘lib qolaveradi. Men yo‘limda davom etish niyatidaman va u Mishelning rekordidan o‘tadi” - dedi Mbappe matbuot anjumanida.
24 yoshli hujumchi Fransiya terma jamoasi safida 67ta o‘yinda maydonga tushib, 38ta gol urgan.