Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Fati uchun besh klub. Ansu yozda qaysi jamoaga ko‘chib o‘tadi?

Fati uchun besh klub. Ansu yozda qaysi jamoaga ko‘chib o‘tadi?

Baho:
+ | -

 "Barselona" futbolchisi Ansu Fatining otasi o‘g‘li zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishidan narozi va u o‘g‘lini asosiy tarkaibda o‘ynashga loyiq deb biladi. Bori Fati Ansuga klub izlamoqda. Agar u bu ishni uddalasa, hujumchi keyingi mavsumni yangi jamoada boshlaydi. Ammo, agar ko‘k-anorranglilar futbolchini sotishga yoki ijaraga berishga rozi bo‘lsa, yozda u qayerga borishi mumkin? Quyida hujumchi tanlashi mumkin bo‘lgan beshta variant haqida to‘xtalamiz.

"PSJ"

O‘tgan yozda parijliklar Usmon Dembeleni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgandi, lekin fransiyalik futbolchi shartnomasini uzaytirdi. Yanvar oyida Hakim Ziyesh ularga deyarli ko‘chib o‘tdi, ammo so‘nggi lahzada kelishuv barbod bo‘ldi. Katta ehtimol bilan klub Mbappe, Neymar va Messi uchligini yakunlash uchun yangi hujumchi topishga harakat qilishi mumkin. Chunki bu triodagi futbolchilar jamoadan yetishi kutilmoqda. 

Til va muhitni hisobga olgan holda, Ansu moslashishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. O‘sha Messi yangi ligaga ko‘nikishi uchun taxminan bir yil vaqt ketdi.

Ehtimollik: 2/10

"Manchester Yunayted"

Hozir Erik ten Xag yosh futbolchilar atrofida jamoa tuzmoqda. U bu mavsumda Markus Reshforddan maksimal darajada foydalanish yo‘lini topdi.

Yozda "qizil iblislar" yana bitta hujumchi bilan kuchayishi kutilmoqda. Ammo, agar "Manchester Yunayted" Elanga va Martialdan qutulmasa, Fati "Barsa"dagidek vaziyatga tushib qolishi mumkin.

Ehtimollik: 3/10

"Chelsi"

"Chelsi" so‘nggi paytlarda transfer bozorida juda faol. "Aristokratlar"ning taktikasi qancha pulga bo‘lsa-da o‘zi ko‘zlagan futbolchini harid qilish. Londonda Fati yangi hayot topa oladi, eng muhimi, klub unga yuqori maosh to‘lashga qodir.

Ehtimollik: 5/10

"Sevilya"

Ansuning otasi intervyuda o‘g‘lining o‘zi faoliyatini boshlagan "Sevilya"ga qaytishini istashini aytdi. Fati uchun bu barqaror muhit va Ispaniyada qolish imkoniyati bo‘lardi. Biroq jiddiy muammo bor – "Sevilya" futbolchiga hozir olgan maoshini to‘lay olmaydi. Shu tariqa, uning uchun yagona variant – ispan klubiga ijaraga o‘tish.

Ehtimollik: 6/10

"Nyukasl"

"Nyukasl" egalari almashganidan keyin qiziqarli loyiha qurmoqda. "Sosyedad"ning sobiq hujumchisi Aleks Isak yaqinda "zag‘izg‘onlar" safiga o‘tdi va tezda Premyer-ligaga moslashdi. Sport.es xabariga ko‘ra, "Nyukasl" Fatini kuzatib bormoqda va mavsum oxirida unga transfer taklifi bilan chiqishi mumkin.

Ehtimollik: 7/10

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 01:23, 30.03.2023.
O'qildi: 5279 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик