Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay
10/10 14:10 Avstraliya - Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston - Eron
10/10 19:00 Iordaniya - Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn - Indoneziya
10/10 21:00 Qatar - Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon - Kuvayt
10/10 21:00 BAA - KXDR
10/10 23:00 Iroq - Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Yaponiya
11/10 01:00 Boliviya - Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador - Paragvay
11/10 02:00 Venesuela - Argentina
11/10 05:00 Chili - Braziliya

Sayyoramizning eng qimmat futbolchilari ro‘yxati. Ular bu pulga arziydimi

Sayyoramizning eng qimmat futbolchilari ro‘yxati. Ular bu pulga arziydimi

Baho:
+ | -

Futbol rivojlanishda davom etmoqda. Nafaqat uslublar, balki futbolchilarning mahorati va qiymati ham osmon qadar o‘sib bormoqda. Quyida sayyoramizning eng qimmat futbolchilari bilan tanishamiz. Ho‘sh ular bu narxga arzirmikin. 

Federiko Valverde - 100 million yevro

"Real Madrid"ning 24 yoshli yarim himoyachisi allaqachon klub bilan bir nechta yirik sovrinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan: u Chempionlar ligasi, La Liga, shuningdek, Ispaniya va UEFA Superkubogi sohibi bo‘lgan. Va u rivojlanishda davom etmoqda.

Viktor Osimhen - 100 million yevro

E’tiborga loyiq yana bir yosh futbolchi. "Napoli" forvardi bu yil barcha musobaqalarda 25 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning jamoasi A seriyada birinchi o‘rinda va "Napoli" Chempionlar ligasining 1/4 finaliga chiqdi.

Pedri - 100 million yevro

"Barselona"ning 20 yoshli yarim himoyachisi Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi va endi Ispaniya chempionligi uchun kurashmoqda. Bu mavsumda uning hisobida yettita gol bor.

Fil Foden - 110 million yevro

Yevro-2020 kumush medali sohibi bir necha bor Premyer-ligada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan. "Manchester Siti" bilan u to‘rt marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi va Chempionlar Ligasi finalchisi bo‘ldi.

Bukayo Saka – 110 million yevro

Bu yil "Arsenal" Premyer-ligada uzoq kutilgan chempionlik uchun kurashmoqda va ularga Yevropa chempionati-2020 kumush medali sovrindori yordam bermoqda. Saka joriy mavsumda 12 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi va bu chegara emas.

Jamol Musiala - 110 million yevro

20 yoshida Musiala «Bavariya» uchun muhim futbolchi. Uning tarkibida yarim himoyachi Germaniya chempioni bo‘ldi, mamlakat va UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi, shuningdek, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Vinisius Junior - 120 million evro

Dunyoning eng tezkor futbolchilaridan biri "Real Madrid"da o‘ynaydi. Vinisius nihoyatda foydali: barcha musobaqalarda u 19 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Jude Bellingem - 120 million yevro

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Yevropa chempionati finaliga chiqqan Angliya terma jamoasi tarkibida edi. Klublar miqyosida Bellingem jamoasi bilan birga Bundesligada g‘alaba uchun "Bavariya" bilan kurashmoqda.

Erling Xoland - 170 million evro

O‘tgan yil davomida Xoland qancha rekordlarni yangilaganini sanab bo‘lmaydi. U shunchaki to‘xtatib bo‘lmaydigan mashina hisoblanmaydi. 37 ta o‘yinda "gol+pas" tizimida 47 ochko to‘plash haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan narsa.

Kilian Mbappe - 180 million yevro

Endi faqat Mbappe Erling bilan raqobatlasha oladi. Kilian "PSJ" va Fransiya terma jamoasining haqiqiy yulduziga aylandi. Agar Chempionlar ligasini erta tark etish bo‘lmaganida, Kilianning narxi yanada oshishi mumkin edi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:10, 31.03.2023.
O'qildi: 3345 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.