Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 2-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Sergey Arslanov: «Biz o‘zimiz uchun kerakli rasmni asta-sekinlik bilan chizib boryapmiz»

Sergey Arslanov: «Biz o‘zimiz uchun kerakli rasmni asta-sekinlik bilan chizib boryapmiz»

Baho:
+ | -

"Surxon" bosh murabbiyi Sergey Arslanov Superliganing 4-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Buxoro"ga qarshi o‘yin (2:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Bugungi o‘yin emosiyalarga boy bo‘ldi. Nafaqat o‘yin tempi, harakatlar, balki hissiyotlarni ham boshqara bilish kerak. Menimcha, biz buni uddaladik va kerakli natijaga erishdik. Barchaga rahmat.

— «Surxon» o‘yindan o‘yinga yaxshi o‘yin ko‘rsatib bormoqda.
— Keling, buni shunday tushuntiray. Biz o‘zimiz uchun kerakli rasmni asta-sekinlik bilan chizib boryapmiz. Murabbiylar shtabining o‘zi istagan o‘yin uslubi bor. Bu yo‘nalish esa natijasini bermoqda. Demak, biz to‘g‘ri yo‘ldamiz.

— Silvanus Nimelining tezligi yaxshi ekan, biroq baribir unda rang-baranglik etishmayotgandek.
— To‘g‘ri payqabsiz, uning start tezligi juda katta. Zamonaviy futbolda bu juda muhim sifat. Chunki doimo raqibdan 2-3 qadam oldinda bo‘lish kerak. U bu sifatidan etarlicha foydalana oladi. Unga nimadirlar etishmayati, deyish biroz noto‘g‘ri. Chunki u o‘yindan o‘yinga vaziyatlarni o‘zi yaratishga harakat qilmoqda. Ha, u oldingi chiziqdagi hujumchi sanaladi. Biz Indzagini barcha hujumchilarga misol qilib keltirishimiz mumkin. Biroq u Inzagichalik texnikaga ega emas, biroq kerakli paytda kerakli joyda paydo bo‘lmoqda. Uning asosiy sifatlari — bo‘sh hududda bo‘lish va bundan foydalanish. Bu sifatlar hozirgi kunda hujumchilarga eng keraklisi bo‘lmoqda.

— Birinchi goldan keyin raqiblaringizda yaxshi vaziyat bo‘ldi. To‘p to‘singa tegdi. Shundan keyin jamoa asosan himoyada o‘ynadi. Bu murabbiylarning qarorimidi?
— Aslida murabbiylarning rejasida bu yo‘q edi. Birinchi bo‘lib gol urgan o‘yinlarimizda yopiq o‘yin namoyish qilmaganmiz. Asosan ochiq va jangovor futbol namoyish qilishga harakat qidamiz. Ha, balki o‘sha vaziyatda biroz ortga chekingandirmiz. Tan olaman, ikkinchi bo‘limning birinchi yarmida to‘pni darvozamizga yaqin joydan ko‘p bora qaytardik, aslida buni unchalik xushlamaymiz. Keyinchalik esa o‘yinni o‘rtaga ko‘chirdik. O‘yinning yakuniga yaqin esa yana agressiv va hujumkor futbol namoyish qildik. Bunday holat ikkinchi bo‘limning dastlabki yarmida bo‘lmagandi.

— Tamirlan Jamalutdinov qizil kartochkaga qadar maydondagi eng yaxshilaridan biri edi, balki eng yaxshisi ham. U bilan suhbatlar bo‘ladimi? Chunki u faoliyati davomida ilk marta qizil kartochka oldi.
— Aslida u diplomatik va xotirjam futbolchilardan biri. U o‘z xissiyotlarini doimo boshqarib kela olgan. Shu sababli u faoliyati davomida qizil kartochka olmagandi. So‘radik, bunga xos sabablar borligini aytdi. Ammo bu qizil kartochka uchun olib kelmasligi kerak edi. Jamoaviy sport turlarida u boshqa sheriklarini ham o‘ylashi kerak. Qachonki jamoa g‘alaba qozonayotgan paytda futbolchining qizil kartochkasi kechiriladi. Albatta, u bilan suhbat o‘tkazamiz. U yaxshi texnikaga, futbolcha fikrlashga ega bo‘lgan futbolchi. Bu uning uchun ham o‘ziga xos saboq bo‘ladi.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 23:48, 31.03.2023.
O'qildi: 1283 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.