Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Asror Aliqulov: «Nasaf» hujumni yaxshi ko‘radigan jamoa ekanini inobatga olib, qarshi hujum taktikasida harakat qildik»

Asror Aliqulov: «Nasaf» hujumni yaxshi ko‘radigan jamoa ekanini inobatga olib, qarshi hujum taktikasida harakat qildik»

Baho:
+ | -

Superliga 4-turidan o‘rin olgan «Qizilqum» – «Nasaf» (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Nasaf» hujumni yaxshi ko‘radigan jamoa ekanligini inobatga olib, qarshi hujum taktikasida harakat qildik. Gol kiritganimizdan so‘ng to‘p nazoratini qarshiliklarga topshirib qo‘ydik. Qisqa masofadagi uzatmalarimiz ham o‘tmadi. Afsuski, so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Ko‘p vaqt maydonda to‘psiz harakat qildik, bu esa oson ish emas.

Kenjaboyev so‘nggi yillarda o‘z saviyasida o‘yin ko‘rsatmadi. Biz unga formasini tiklashga yordam beryapmiz. U esa o‘zining individual harakatlari bilan jamoamizga.

Qachonki jamoamizda ham to‘p bilan, ham to‘psiz yaxshi o‘ynay oladigan, yakkakurashlarda g‘olib chiqadigan ikki tayanch yarim himoyachisi bo‘lsagina, biz maydonda ikki hujumchi bilan harakat qilishimiz mumkin",  dedi Asror Aliqulov.

Manba: https://t.me/PFC_Qizilqum
Kiritildi: 23:15, 01.04.2023.
O'qildi: 1354 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик