Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Bundesliga iqtidorlari

Bundesliga iqtidorlari

Baho:
+ | -

Keling, sport direktorlari, skautlarning fikriga ko‘ra, 21 yoshgacha bo‘lgan eng istiqbolli yosh futbolchilar haqida gaplashishni davom ettiramiz. Bundesligada ysoh umidli va hozirdan o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatib ulgurgan yulduz futbolchilar yetarlicha topiladi. Bugun ulardan eng yaxshilarini ko‘rib chiqamiz.

Jud Bellingem ("Borussiya Dortmund", 19 yosh, 120 mln yevro)

Angliyalik yarim himoyachi ajoyib jismoniy, texnik va ruhiy fazilatlarga ega, bu esa uni mukammal yarim himoyachiga aylantiradi. U maydondagi vaziyatni o‘ziga xos yetuk tasavvurga ega, vaziyatni o‘qiydi.

Judning o‘yinidan uning 19 yoshda ekanligini aniqlashning iloji yo‘q. U mudofaa chizig‘ini buzadi, hujumlarning davomini topadi yoki o‘zi ularning yakunlovchisi bo‘lib chiqadi. Shu bilan birga, Bellingem mudofaa ishlarida juda foydali bo‘lib qolmoqda, bu esa uni odatda bunday ro‘yxatlarda birinchi o‘rinda turadiganlardan ajratib turadi.

Jamol Musiala (Bavariya, 20 yosh, bahosi 110 million yevro)

"Bavariya" me’yorlari bo‘yicha Bundesligada bahsli o‘yin ko‘rsatganiga qaramay, Musiala Myunxenning asosiy jamoasidagi eng yosh o‘yinchi uchun barcha kutganidan yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Jamol juda ko‘p qirrali va turli pozisiyalarda o‘ynay oladi, har doim juda ko‘p foyda keltiradi. U hujumlarni boshqarishda yaxshi texnikaga ega, to‘p yo‘qolganda esa himoyada yaxshi ishlaydi. Bu yerda pressing va dribling mahoratining o‘ziga xos kombinasiyasi mavjud.

Bundan tashqari, Musiala muntazam ravishda gol uradi. Zamonaviy universal futbolda Musialada kamchilik deyarli yo‘q. O‘yinning to‘liq 90 daqiqasiga yuqori sur’atda bardosh bera olishi uchun u faqat tajriba va xotirjamlikni, shuningdek, jismoniy chidamlilikni oshirishi kerak.

Florian Virts (“Bayer”, 19 yosh, bahosi 85 mln yevro)

U to‘qqiz oyga safdan chiqqan jarohatidan so‘ng, Virts avvalgi darajasiga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Garchi yoshlikdagi bunday zarbalar jiddiy ravishda davom etishi mumkin. Balki Virts hozir o‘z avlodidagi eng istiqbolli nemis futbolchisidir. Bu to‘laqonli hujumkor yarim himoyachi, bu rolda deyarli hamma narsani qila oladi.

Yoshko Gvardiol (“Leypsig”, 21 yosh, bahosi 75 mln yevro)

Uning Xorvatiya bilan jahon chempionatidagi o‘yinini Argentina bilan to‘qnash kelguncha yomon deyish qiyin. Ammo chempionatda ham, yevrokuboklarda ham Gvardiol o‘zining yetukligini qayta-qayta isbotladi. Shu boisdan top-klublar xorvatiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. U yaxshi tezlik va uzoq masofaga to‘p uzatish qobiliyatiga ega.

Karim Adeyemi (“Borussiya Dortmund”, 21 yosh, bahosi 35 mln yevro)

O‘tgan yozda "Zalsburg"dan 35 million yevroga ko‘chib o‘tganidan keyin Bundesligaga moslashishi uchun unga biroz vaqt kerak bo‘ldi. Ammo Adeyemi asta-sekin o‘z salohiyatini va o‘sishini ko‘rsatmoqda. U yaxshi temp, dribling, yakkama-yakka kurashda raqibni aldab o‘tish qobiliyatiga ega. Bu hujumchi tezlik va texnik imkoniyatlar bilan ta’minlangan. Lekin ba’zida uning tezligi to‘p nazoratiga zarar keltiradi. Va buning ustida ishlash kerak.

Kiritildi: 15:25, 02.04.2023.
O'qildi: 1451 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик