Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Anchelotti: «Braziliyadan hech kim menga qo‘ng‘iroq qilmadi»

Anchelotti: «Braziliyadan hech kim menga qo‘ng‘iroq qilmadi»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Italiyalik mutaxassis Tite ketganidan so‘ng «Pentakampeonlar» rahbari lavozimiga asosiy nomzod sanaladi.

Yaqinda mutaxassis kelasi mavsum oxirigacha «Real Madrid»da ishlashni istayotganini, ammo Madrid klubini tark etgach, murabbiylik faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayotganini aytdi.

«Qaymoqranglilar» «Valyadolid» ustidan 6:0 hisobida g‘alaba qozonganidan so‘ng, jurnalistlar Anchelottidan unga Braziliyadan qo‘ng‘iroqlar bo‘lgan-bo‘lmagani haqida so‘rashdi:

«Yo‘q, Braziliyadan hech kim menga qo‘ng‘iroq qilmadi yoki SMS yozmadi. Mening raqamimni hamma ham bilavermaydi», – dedi murabbiy matbuot anjumanida.

Kiritildi: 01:25, 03.04.2023.
O'qildi: 1263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик