Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Nagelsmann, Pochettino, Enrike, Spalletti va Glasner — "Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi kim bo‘ladi?

Nagelsmann, Pochettino, Enrike, Spalletti va Glasner — "Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi kim bo‘ladi?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Londonning "Chelsi" klubi APL 29-turida o‘z maydonida "Aston Villa"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi — 0:2. Ushbu mag‘lubiyatning ertasiga jamoa bosslari bosh murabbiy Grem Potterni ishdan bo‘shatish haqida qaror qabul qilishdi. Hozirda amerikalik tadbirkor Todd Boeli egalik qiladigan klub bir varakayiga 5 ta top murabbiy bilan muzokaralar olib bormoqda.

Angliyaning The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, yangi murabbiy tayinlash bo‘yicha qarorni texnik direktor Lourens Styuart va sport direktori Pol Uinstenli qabul qiladi. Boeli bu ishlarga umuman aralashmaydi.

Nashr bosh murabbiylik uchun favorit sifatida "Leypsig"da Lorens bilan birga ishlagan Yulian Nagelsmanni ko‘rsatmoqda.

Avvalroq Nagelsmann "Bavariya"dan ishdan bo‘shatilganidan keyin tanaffusga chiqib, mavsum oxirigacha murabbiylikka qaytmasligi haqida xabar berilgandi.

Biroq “Chelsi” nemis mutaxassisi bilan muzokara olib borishga harakat qilmoqchi. Qayd etilishicha, Nagelsmanning "Bavariya"dan chetlatilishi "Chelsi"ning Grem Potterni ishdan bo‘shatish haqidagi qaroriga ta’sir qilmagan.

Boshqa nomzodlar orasida Maurisio Pochettino va Luis Enrike ham bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, “ko‘klar” rahbarlari sentyabr oyida Pochettino bilan muzokaralar olib borishgan, biroq yakunda Potterni tanlagan.

Shuningdek, “Napoli” ustozi Luchano Spalletti va “Ayntraxt” ustozi Oliver Glasner bilan ham muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Yaqin vaqt ichida "Chelsi" rahbariyati nomzodlarning qaysi biri klubga ko‘proq mos kelishini aniqlash uchun har bir nomzodning yondashuvini tahlil qilishni rejalashtirmoqda. Yakuniy qaror tez kunda qabul qilinadi, ungacha esa jamoani Chempionlar ligasida turnir qirollari "Real Madrid" kutib turibdi.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 20:15, 03.04.2023.
O'qildi: 1846 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.