Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Futbolchi qizlarimiz Parij-2024 yo‘llanmalari uchun kurashga kirishishmoqda

Futbolchi qizlarimiz Parij-2024 yo‘llanmalari uchun kurashga kirishishmoqda

Baho:
+ | -

Ertaga Toshkentda ayollar futboli bo‘yicha Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi saralash musobaqasining birinchi bosqichi start oladi. Bugun «A» guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston, Iordaniya, Butan va Sharqiy Timor jamoalarining bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda terma jamoamiz ustozi Midori Xonda bo‘lajak musobaqaga tayyorgarlik haqida gapirib o‘tdi.

«Bu o‘yinlarga qadar 1 yil mobaynida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazdik. Yig‘inlar doirasida turli o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etildi. Umuman olganda, bu bosqichga yetarlicha hozirlik ko‘rdik, deya olaman. Yig‘inlar doirasida raqiblarni o‘rganib, shogirdlarimga ular haqida batafsil ma’lumot berib keldik. Raqiblarni kuchsiz deb hisoblamaymiz. Xususan, qizlarimiz ham bunday fikrda emas. Tarkibda yo‘qotishlar yo‘q. Avval jarohat olgan qizlar umumiy tarkibga qaytishdi. Fursatdan foydalanib, barcha muxlislarni futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga chorlab qolaman», – dedi Midori Xonda.

Anjumanda futbolchilar nomidan jamoamiz yetakchisi sifatida ishtirok etgan Kamila Zaripova ham murabbiyning fikrlarini tasdiqlagan holda bo‘lajak bahslarga barcha tayyor ekani, har 3 o‘yinda faqat g‘alaba uchun maydonga tushishlarini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bosqich doirasida O‘zbekiston terma jamoasining ilk o‘yini ertaga Butanga qarshi o‘tkaziladi. Uchrashuv «Paxtakor» stadionida soat 17:00 da start oladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 15:03, 04.04.2023.
O'qildi: 1848 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик