Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

"Chelsi"ni qimmatga tushirgan Potter, Messining yakunlanayotgan hikoyasi, "PSJ"ni "sog‘ayotgan" Mbappe — kunning qiziqarli xabarlari

"Chelsi"ni qimmatga tushirgan Potter, Messining yakunlanayotgan hikoyasi, "PSJ"ni "sog‘ayotgan" Mbappe — kunning qiziqarli xabarlari

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Stadion.uz jamoasi so‘nggi 24 soat ichida chiqqan eng sara yangiliklarni bir sahifaga joyladi. Marhamat kunni eng qiziqarli yangiliklari bilan tanishing.

"Chelsi"ga qimmatga tushgan Potter

"Aristokratlar" yakshanba kuni iste’foga chiqarilgan Grem Potterga tovon puli sifatida 13 million funt to‘lab beradi. Bu vaqtgacha mutaxassis klubda 7 millon funt ishlab olishga ulgurgan edi. Bundan tashqari "Chelsi" "Brayton"ga Potterni qo‘yib yuborish uchun 22 million funt to‘lagan. Umumiy summani hisobga olsak "Chelsi" bu mavsumda birgina Potter uchun 42 million funt sarflab yuborgan, bunga qo‘shimcha tarzda mavsum avvalida iste’foga chiqarilgan Tomas Tuxel uchun 10 million "kompensasiya"ni qo‘shsak londonliklar murabbiylar uchun birgina mavsumning o‘zida 50 million funtdan ko‘proq pul ishlatib yuborganini ko‘rishimiz mumkin.

Messining Parijdagi hikoyasi yakunlanmoqda

Argentinalik yulduz hujumchi Lionel Messi mavsum yakunida "PSJ"ni tark etishi kutilmoqda. U jamoaning maoshi kamaytirilgan holda taklif etilgan yangi shartnomasini rad etdi va katta ehtimol bilan Leo uchun bu mavsum Parijdagi so‘nggisi bo‘ladi.

35 yoshli forvard yana jonajon Kataloniyasiga qaytishi kutilmoqda. "Barselona" bu haftada shaxsan Xavi boshchiligida Messi bilan muzokaralarga kirishadi. Ko‘ramiz, bu voqealar qanday yakunlanadi.

Mbappe "PSJ"ni "sog‘ishda" davom etadi

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe har mavsum sodiqlik uchun klubdan qo‘shimcha kattagina mablag‘ ishlab olishi ma’lum bo‘ldi. Fransuz nashrlarining xabariga ko‘ra, bu summa taxminan 60 million yevro atrofida bo‘ladi. Ma’lumot uchun, 24 yoshli forvard o‘tgan yozda "Real"ga o‘tishi mumkin edi, ammo u so‘nggi soniyalarda fikridan qaytib, "PSJ" bilan mo‘maygina daromad olish maqsadida yangi shartnoma imzolagandi.

"Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi kim bo‘lishi aniqmi?

Yaqindagina "Bavariya"dan iste’foga chiqarilgan Yulian Nagelsmann "Chelsi" taklifini ko‘rib chiqishga tayyor, ammo bir shart evaziga - klub taklif qiladigan loyiha uzoq muddatli bo‘lishi kerak. Hozirda Nagelsmann "Chelsi" rahbariyati uchun asosiy tanlov bo‘lib turibdi, agarda uning varianti o‘xshamasa rahbariyat Roberto de Dzerbi (Brayton), Luis Enrike (ishsiz), Ruben Amorim (Sporting) va Karlo Anchelotti (Real)ga e’tibor qaratadi.

"Manchester Yunayted"ning asosiy nishoni - Xarri Keyn

"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadini belgilab oldi. Mankunianliklar "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynni nima qilib bo‘lsa ham o‘z jamoasiga jalb qilmoqchi. Bu borada "Yunayted" rahbariyati bir narsadan qo‘rqadi - hujumchi uchun kurash uzoq davom etishi. O‘tgan mavsumda "qizil iblislar" "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong bilan deyarli 3 oy muzokaralar olib bordi, ammo yakunda niderlandiyalik futbolchi "Barsa"da qoldi. Klub Keyn bilan ham shunday voqea takrorlanishidan qo‘rqadi. Agar Xarri varianti o‘xshamasa, Viktor Osimxen (Napoli), Gonsalu Ramush (Benfika) va Evan Fergyuson (Brayton) zaxira varianti bo‘ladi.

"Manchester Yunayted"dan ketadigan futbolchilar ro‘yxati tuzildi

Erik ten Xag boshchiligidagi "Manchester Yunayted" yozda tarkibda bir qator o‘zagrishlarga qo‘l uradi. Xususan Xarri Maguayr, Brendon Uilyams, Aleks Tellas va Antoni Marsyalga chiqish eshiklari ko‘rsatiladi. Shuningdek "Nottingem Forest"da ijara asosida harakat qilayotgan darvozabon Din Xenderson ham to‘liq sotib yuborilishi mumkin.

Nemis klubi bir mavsumda to‘rtinchi marotaba murabbiy almashtirdi

"Shtutgart" jamoasi rasmiy sayti jamoa bosh murabbiyligiga Sebastyan Xenessning tayinlangani haqida xabar berdi. U bu lavozimda Bruno Labbadiyani almashtirdi.

Qayd etish kerak, bu "Shtutgart"ning mavsumdagi to‘rtinchi murabbiyi. Mavsum startidan buyon jamoa boshqaruvida Pellegrino Matarasso, Mixael Vimmer kabi murabbiylar ham ishladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:31, 04.04.2023.
O'qildi: 3315 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.