Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Tarixdagi ilk el klasiko haqida bilasizmi?

Tarixdagi ilk el klasiko haqida bilasizmi?

Baho:
+ | -

Mavsumdagi navbatdagi "El klasiko bugun tunda bo‘lib o‘tadi. Unda "Barselona" Kamp Nouda "Real Madrid"ni qabul qiladi. Ushbu o‘yin arafasida Stadion.uz nashri ushbu raqiblarning birinchi o‘yinini eslashga qaror qildi. 

"El klasiko" tarixidagi ilk o‘yin 1902 yilning 13 mayida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda "Real" degan jamoa mavjud bo‘lmagan. Ularning nomi "Madrid" futbol klubi edi. Jamoa 1920 yil 29 iyunda qirollik maqomini oldi, o‘shanda u rasman "Real Madrid" nomi bilan tanilgan. Ammo "Barselona" allaqachon odatiy nom ostida mavjud edi. Kataloniya klubi 1899 yil 29 noyabrda tashkil etilgan.

O‘sha paytdagi gazetalar futbolga unchalik etibor bermas edi. Jurnalistlarning aksariyati qoidalarni ham bilishmagan. Futbolni "Madridda yaxshi rivojlanmagan ildizsiz o‘yin" va "chetdan olib kelingan sport turi" deb atashgan.

Ikki jamoaning yo‘li ilk bor Madrid kubogi, ya’ni "Coronation cup" deb nomlanuvchi yarim final bosqichida kesishdi. Musobaqa keyinchalik poytaxt klubiga qirollik maqomini bergan qirol Alfonso XIIIning hokimiyat tepasiga kelishiga bag‘ishlangandi.

Birinchi "El klassiko"da "Barselona" ishonchli tarzda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin “Ippodrome de la Kastellano”da bo‘lib o‘tdi va unga 2500 muxlis tashrif buyurdi.

"Barselona" va "Madrid" o‘rtasidagi ilk "el klasiko"

Gollar: Shtaynberg – 1:0; Shtaynberg - 2:0; Jonson - 2:1; Morris - 3:1 (penalti).

Barselona: Luis Puellas, Xose Lyobet, Artur Vitti, Boartolome Terradas, Jorj Mayer, Migel Valdes, Jon Parsons, Xans Gamper, Genri Morris, Udo Shtaynberg, Alfonso Albenis.

Madrid: Xuan Sevilya, Rafael Molyera, Mario Giralt, Xose Gongora, Alvaro Spottorno, Xose Palasios, Artur Jonson, Xose Giralt, Antonio Sanches Neyra, Armaldo Jiralt, Eustakio Selada.

Bosh hakam: Luis Arana

Barcha gollar legionerlar hisobiga yozilgan. "Barselona"da germaniyalik Shtaynberg va angliyalik Morris tabloga o‘z nomini yozi qo‘yishgan. Hammasi bo‘lib "blaugranas"da oltita ligeoner bor edi. "Real Madrid"da ham bitta xorijlik bor edi, aynan ingliz Jonson o‘zini ko‘rsatgan.

Birinchi "El-Klasiko"da ham birinchi jarohat bo‘lishi mumkin edi. "Barselona" darvozaboni Puellas, Xose Giralt bilan to‘qnashib ketdi. Biroq darvozabon yordamdan so‘ng o‘yinni davom ettirishga muvaffaq bo‘ldi.

"O‘yin boshidan shiddatli bo‘lgan. Madrid jismoniy qobiliyati va tajribasida sezilarli ustunlikka ega bo‘lgan "Barselona"ga qarshi yaxshi himoyalangan." - Diario el Impercial.

"O‘yin juda tez o‘tdi, kataloniyaliklarning uchta goli va mezbonlarning bitta aniq zarbasi bunga dalil bo‘la oladi. O‘yin davomida qarsaklar bir necha bor takrorlandi. "Barselona" uyushqoqlik bilan harakat qildi va yaxshi o‘yin ko‘rsata oldi. Mezbonlar ham o‘zini ko‘rsatishdi" - deya yozgan edi ispan nashri. 

 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:07, 05.04.2023.
O'qildi: 4874 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.