Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ilyos Zeytullayev: "Torino" kerak bo‘lsa Miranchuk uchun 13 million yevro topadi"

Ilyos Zeytullayev: "Torino" kerak bo‘lsa Miranchuk uchun 13 million yevro topadi"

Baho:
+ | -

Hamyurtimiz, "Yuventus"ning sobiq futbolchisi Ilyos Zeytullayev "Torino" "Atalanta"dan Aleksey Miranchukni qimmatligi tufayli sotib olmasligi haqidagi ma’lumotga munosabat bildirdi.

"Torino" ko‘p pul sarflaydigan klub emas. Lekin chindan ham xohlasalar, mana shu 13 millionni topib berishadi. Ularning boshqa rejalari bormi, bilmayman. Umuman olganda, ular odatda 5-7 millionga futbolchilarni sotib olishadi. 13 million ular uchun juda ko‘p", - dedi Zaytullayev "RB Sport" bilan suhbatda.

Shu bilan birga, hamyurtimizning fikricha, Miranchuk pulga arziydi, ammo turinliklar hozir transferlarni tejashga harakat qilmoqda.

Joriy mavsumda 27 yoshli Miranchuk barcha turnirlarni hisobga olgan holda 23ta o‘yinda qatnashib, to‘rtta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Kiritildi: 22:32, 06.04.2023.
O'qildi: 1561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик