Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Erik ten Xag tomonidan qayta kashf etilgan sakkiz futbolchi

Erik ten Xag tomonidan qayta kashf etilgan sakkiz futbolchi

Baho:
+ | -

Erik ten Xagning "MYU"dagi ijobiy ta’sirini, "Old Trafford"dagi o‘zgacha muhit hamda yaxshi tomonga o‘zgargan futbolchilarda ko‘rishimiz mumkin. Xususan, ten Xag "MYU"dagi o‘yinchilarni o‘sishiga sababchi bo‘ldi va klubni YECHL pog‘onasiga ko‘tardi. Niderlandiyalik mutaxassis Yevropa ligasida "Barselona" va "Real Betis"ni mag‘lub etdi. 2017 yilda beri sovrinsiz kelayotgan "qizil iblislar"ga Angliya liga kubogini taqdim etdi. Ten Xag jamoada aqlli xaridlarni ham amalga oshirib, xarizmasi kuchli futbolchilarni jalb etdi. Quyida, uning qo‘l-ostida yangi darajaga chiqqan futbolchilar haqida bilib olasiz.

Markus Reshford

Reshford ham boshqa jamoadoshlari singari o‘tgan mavsum davomida Sulsher va Rangnik boshchiligida dahshatli darajada yomon mavsumni boshidan o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgandi. Hujumchining mavsum avvalidagi gollari, Angliya terma jamoasiga qaytadan chaqirilishiga olib keldi. 2023 yil davomida Reshford "MYU"ning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib turibdi. U o‘z jamoasining g‘alabalariga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Brunu Fernandesh

Fernandesh ikki mavsum oldin ajoyib darajada edi. Ammo Ralf Rangnik davrida portugaliyalik o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi. Oradan ko‘p o‘tmay, Fernandesh yana o‘z darajasini tikladi. Bu jarayonda ten Xag katta yordam ko‘rsatdi. Ayni paytda yarim himoyachi "Manchester Yunayted"dagi o‘ta muhim figura sifatida barcha o‘yinlarda maydonga tushmoqda.

Alexandro Garnacho

Garnacho "MYU"ning yoshlar jamoasida allaqachon yulduzga aylangandi. Ammo u Erik ten Xag tuzgan "banda"da boshqa darajaga ko‘tarildi. Yevropa ligasida "Real Sosyedad"ga qarshi o‘yin Garnachoning ilk goliga guvoh bo‘lgandi. Shundan keyin, u bir nechta bahslarda muhim gollarga mualliflik qildi. Garnacho "Manchester Siti" bilan bahsda Reshfordning g‘alaba goliga assistent bo‘ladi. "Vest Xem" bilan ham uning uzatmasi sababli "MYU" g‘alabaga erishadi.

Eron Uan-Bissaka

Ko‘pchillik, hatto biz ham Uan-Bissakaning "MYU"dagi davri yakunlandi deb o‘ylagandik. Negaki, himoyachi uzoq vaqt zaxiraga mixlanib qolgandi. Ammo bu vaziyat uzoqqa cho‘zilmadi. Oxirgi paytlarda ingliz futbolchisi asosiy tarkibda ko‘rinish bera boshladi. Eronning o‘yinlarida ham o‘zgarish sezilmoqda. Bu esa ten Xagning ijobiy ta’siri natijasidir.

Lyuk Shou

Shou 2020-21 yilgi mavsumni fantastik darajada o‘tkazadi. Uning keyingi mavsumdagi o‘yinlari esa avvalgi Shouning soyasi edi xolos. Tirell Malasiya sotib olinganida, Shouning asosiy tarkibdagi o‘rniga putur yetadigandek ko‘ringandi. Biroq, bunday bo‘lmadi. 27 yoshli himoyachi ten Xag ishonchidan joy olib yana asosiy tarkibga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Uning o‘yinlari ikki yil oldingisidan ham yaxshiroq ko‘rinmoqda.

Rafael Varan

Varan "Old Trafford"dagi birinchi mavsumida ajoyib harakat qilgandi. Ammo jarohatlar himoyachini qiynab qo‘yadi. Joriy mavsumda Varan Lisandro Martines bilan tandemda harakat qila boshladi. Bu esa Fransiya terma jamoasi a’zosining o‘sishiga yordam berdi. Varan 2023 yilda "MYU" uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etayotgan tarkib a’zosiga aylandi.

David De Xea

Qiyin kechgan mavsumdan keyin, De Xea ham katta muammolarga duch keladi. Erik ten Xagni jamoaga kelishi esa ispaniyalik darvozabonga yaxshi ta’sir qildi. Xususan, De Xeaning o‘yinlarda ko‘rsatayotgan seyvlarlari, "qizil iblislar"ga YECHL yo‘llanmasi uchun kurashda katta yordam bermoqda. To‘g‘ri, kelayotgan yozda u jamoadan ketishi ham mumkin. Ammo ten Xag De Xeaning bu mavsumdagi o‘yinlaridan minnatdor bo‘lishi kerak. O‘zining o‘n yillik faoliyatida De Xea "MYU"da qo‘lidan kelgan hamma ishni ortig‘i bilan bajara oldi.

Diyegu Dalot

Ole Gunar Sulsher o‘z davrida Dalotdan asosiy tarkib futbolchisi sifatida foydalanardi. Ammo orada shunday davr bo‘ldiki, portugaliyalik zaxiraga mixlanib qoldi. Erik ten Xag kelgach, barcha futbolchilar qatori, Dalotga ham imkon bera boshladi. U Jahon chempionatidan oldin 17 o‘yinda qatnashib, 1 ta gol va 2 ta assistga mualliflik qilgandi. Ten Xag Dalotni hali o‘sishi haqida aygan edi. Ayni damda u asosiy tarkibdagi o‘rni uchun kurash olib bormoqda.

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 09:20, 10.04.2023.
O'qildi: 3097 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.