Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Maksim Shaskix: «Maydonga eng yaxshi 11 futbolchi tushishi tarafdoriaman»

Maksim Shaskix: «Maydonga eng yaxshi 11 futbolchi tushishi tarafdoriaman»

Baho:
+ | -

"Qizilqum"ga qarshi Superliganing 5-tur o‘yinidan so‘ng "Paxtakor" ustozi Maksim Shaskix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yinni adolatli yutdik deb o‘ylayman. Nazorat bizning ostimizda edi, ko‘proq gol urishimiz kerak edi. Birinchi taymda kichik xatolikka yo‘l qo‘ydik va raqib hujum qildi. Umumiy qilib aytganda, adolatli tarzda 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.

— Ko‘p yosh futbolchilarga ishonch bildirasiz va bugun ham ular, o‘zini yaxshi namoyish etishdi. Yosh o‘yinchilarni kuchli raqiblarga qarshi bo‘ladigan uchrashuvda ham shunday yaxshi o‘yin namoyish etishiga ishonasizmi?
— Men har doim hamma narsa o‘z vaqtida bo‘lishi tarafdoriman. 15 aprel kuni o‘yinimiz bor va shu uchrashuvdan so‘ng ular yana terma jamoa safiga borib qo‘shilishadi. Men har doim maydonda 11 nafar eng yaxshi futbolchi maydonda harakatlanishi tarafdoriman. Kim qanday shug‘ullansa, shunday o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi.

— Bugun himoyada oddiy xatoga yo‘l qo‘yib gol o‘tkazib yubordingizlar. Himoya chizig‘idan ko‘nglingiz to‘lmoqdami?
— Gol bo‘lgan vaziyatda, bu oddiy individual xato. Shu sabab gol o‘tkazib yuborgan vaziyatga ko‘p e’tibor bermayapman. Bunday xatolar qilmasligimiz kerak. Biz har kuni mashg‘ulotlarda buning ustida ishlaymiz, lekin afsuski bunday xatolar ro‘y berib turadi.

— Bugungi uchrashuvni ham jamoangiz 3ta markaziy himoyachi bilan o‘yinni boshladi. Bu jamoaning yangi taktik uslubimi yoki vaqtinchalik rotasiya?
— Menga qiziq kim bunday o‘ylaydi. Qanot himoyachilarining hujumga o‘tgan vaqti, markaziy himoyachilardan biri tayanch zonaga ko‘tariladi va shu sabab taktik chizgi o‘zgarishi mumkin. Men taktik uslubga urg‘u berishni xohlamayman, bizda taktikalar ko‘p va o‘yin vaqti ham uslubimizni o‘zgartira olamiz. Keyingi uchrashuvda boshqa uslubda o‘ynashimiz ham mumkin.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 22:50, 10.04.2023.
O'qildi: 1506 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик