Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Zidanning o‘g‘li: "Otamning nomi faoliyatimga salbiy ta’sir ko‘rsatgan"

Zidanning o‘g‘li: "Otamning nomi faoliyatimga salbiy ta’sir ko‘rsatgan"

Baho:
+ | -

"Eybar"ning 24 yoshli darvozaboni Luka Zidan "Real Madrid" akademiyasi bitiruvchisi bo‘lib, "qaymoqranglilar" tarkibida atigi ikkita o‘yin o‘tkazdi. Darvozabonning poytaxtdagi faoliyati yorqin kechmadi va Lukaning fikricha, mashhur otasi Zinedin Zidanning obro‘si uning faoliyatiga zarar yetkazgan.

"Futbol olamida meni Luka sifatida ko‘rishni xohlayman. Ishtirok etgan o‘yinlarimga qarab baho berishsin, hech kim bilan solishtirishmasin. Men haqimda hech narsa bilmay tanqid qiladiganlar bor. Ular meni noto‘g‘ri baholaydilar. Ular mening kimligimni bilishmaydi. Bir-ikkita o‘yin o‘ynaganimni ko‘rgan va qanday odam yoki futbolchi ekanligimni bilmaydigan odamlardan eshitish qiyin. Bolaligimdan bularning barchasidan uzoqroq turishga harakat qilardim... Lekin familiyam tufayli boshqa o‘yinchilardan kamroq himoyalanganman. Boshqa o‘yinchi haqida ular men haqimda gapirganday gapirishmaydi. Qaysi bir klub men bilan shartnoma imzolamoqchi bo‘lsa, bunday narsalar zarar yetkazishi mumkin.

Bu yana va yana takrorlanadi. Hamma joyda faqat otamning sharofati bilan nimadir olaman, deyishadi... Muvaffaqiyatga erishish uchun har kuni qilayotgan ishlarim ahamiyatsizdek tuyuladi. Men odamlarning fikrini hurmat qilaman, lekin bu so‘zlarni eshitish qiyin. Buni hazm qilish oson emas", - dedi Luka Zidan Relevo nashriga bergan intervyusida.

"Real Madrid" tomonidan "Rasing Santander"ga ijaraga berilgan, keyinroq "Rayo Valyekano"ga sotilgan Luka Zidan 2022 yilda "Eybar"ga o‘tdi. Hozir "Eybar" Segunda peshqadami hisoblanadi.

 

Kiritildi: 00:03, 11.04.2023.
O'qildi: 2575 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.