"Chelsi" yarim himoyachisi Enso Fernandes jamoadoshlari bilan muloqot qilish haqida gapirdi.
Argentinalik futbolchi yanvar oyida "Benfika"dan 121 million yevro evaziga ko‘chgan "ko‘klar" safiga qo‘shilgan edi.
"Xavers va Feliks? Bizda futbol maydonidan tashqarida ham aloqamiz bor. Ammo "Chelsi"da boshqa sifatli futbolchilar ko‘p. Hujumimizda hamma juda zo‘r, hamma yuqori saviyada o‘ynay oladi.
Oilam va men haligacha moslashyapmiz, lekin bu vaqt masalasi, hammasi yaxshi bo‘ladi. London juda chiroyli shahar, menga bu yer yoqadi”, dedi 22 yoshli yarim himoyachi UYEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.