Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 0-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 0-0 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 1-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Modrichdan Azargacha. Ular yozda «Real»ni tark etishi mumkin

Modrichdan Azargacha. Ular yozda «Real»ni tark etishi mumkin

Baho:
+ | -

Joriy mavsum yakunida “Real Madrid”ni qator futbolchilar, xususan, yetakchilar ham tark etishi mumkin. Ko‘pchilik faxriy futbolchilarning shartnomasi yakunlanyapti, ayrimlar esa o‘yin amaliyoti bilan bog‘liq muammolar bor. Quyida yozda Madrid klubini tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar haqida so‘z boradi.

Karim Benzema (Fransiya, hujumchi, 35 yosh) — “Real Madrid”ning eng yaxshi to‘purari Karlo Anchelottining so‘zlariga ko‘ra klubni tark etish niyatida emas va 2023 yilning yozida tugaydigan shartnomasini 2024 yilgacha uzaytiradi, ammo kutilmagan vaziyatlar uni o‘z fikrini o‘zgartirishga majbur qilishi mumkin.

Toni Kroos (Germaniya, yarim himoyachi, 33 yosh) — “Qaymoqranglilar”ning faxriylaridan biri maydonda hamon yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda, ammo yosh o‘z so‘zini aytadi. Kroos ham yosh futbolchilarga o‘z o‘rnini bo‘shatib berishi mumkin, garchi klub u bilan shartnomani uzaytirish tarafdori bo‘lsa ham. “Real” “Borussiya D” bilan Jud Bellinghem transferi borasida kelisha olsa, katta ehtimol bilan nemis futbolchisi jamoani tark etadi.

Luka Modrich (Xorvatiya, yarim himoyachi, 37 yosh) — Xorvatiyalik yarim himoyachi faoliyatini “Real Madrid”da yakunlashni orzu qiladi va bunga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Shunga qaramay klub vakillari unga yangi shartnoma taklif qilishga shoshilmayapti.

Andrey Lunin (Ukraina, darvozabon, 24 yosh) — Jamoaning asosini tashkil etuvchi oldingi uch nafar futbolchidan farqli o‘laroq, Lunin asosiy tarkib o‘yinchisi emas. “Real”dagi faoliyati davomida asosan ijarada yurgan va zaxira o‘rindig‘ida vaqt o‘tkazgan ukrainalik darvozabon birinchilardan bo‘lib transferga qo‘yilishi ham mumkin.

Marko Asensio (Ispaniya, vinger, 27 yosh) — Asensio o‘zining jamoadagi holatidan norozi. U zaxira futbolchisi bo‘lib qolishni xohlamayapti va allaqachon “Real” bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan. Yozda klub va futbolchi o‘zaro yechim topa olmasligi mumkin.

Eden Azar (Belgiya, vinger, 32 yosh) — Eden Azar transfer bozorida Asensioga sherik bo‘lishi mumkin. Belgiyalik futbolchi 2021 yildan beri La Ligada bor yo‘g‘i bitta foydali harakatni amalga oshirdi (shuningdek, Chempionlar Ligasida “Seltik”ka gol urdi), ammo bu yetarli bo‘lmaydi.

Dani Sebalyos (Ispaniya, xavbek, 26 yosh) — Rahbariyatdan taklif kutayotgan Dani Sebalyos “Qirollik klubi”da qolish umidini yo‘qotmagan. Ayni vaqtda yarim himoyachiga Madridning boshqa bir klubi “Atletiko” qiziqish bildirmoqda.

Nacho Fernandes (Ispaniya, himoyachi, 34 yosh) — Nachoning “Real Madrid”dagi taqdiri uning o‘ziga bog‘liq. Joriy mavsumning o‘zida u maydonda 1600 daqiqadan ko‘proq vaqt o‘tkazdi va juda yaxshi o‘yin namoyish qildi. Biroq MLS klublari futbolchini o‘z safida ko‘rishni ham xohlamoqda.

Mariano Dias (Ispaniya, hujumchi, 29 yosh) — Mariano Dias katta ehtimol bilan Madrid klubini tark etadi. Agent Devid Aranda mijoziga APL, Bundesliga va A Seriya jamoalaridan bir nechta taklif borligini ta’kidladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:00, 11.04.2023.
O'qildi: 2641 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.