22 yoshli norvegiyalik Chempionlar ligasi 1/4 finalining birinchi o‘yinida (3:0, ikkinchi bo‘lim) “Bavariya” darvozasini ishg‘ol qildi.
Bungacha u "Kristal Pelas"ga 1 ta gol urgan, "Leypsig"ga qarshi o‘yinda penta-trik, "Byornli"ga qarshi o‘yinda xet-trik va "Sautgempton"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etgan.
Xoland “Manchester Siti” safidagi 39-o‘yinini o‘tkazmoqda. Uning hisobida 45 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.