Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Xokkey. «Humo» beshinchi o‘yinda yutqazib, kumush medalni qo‘lga kiritdi

Xokkey. «Humo» beshinchi o‘yinda yutqazib, kumush medalni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Xokkey bo‘yicha Qozog‘iston chempionatida ishtirok etgan "Humo" klubi mavsumni kumush medal bilan yakunladi. Astana shahrining «Nomad» klubiga qarshi finaldagi beshinchi o‘yin Toshkentda o‘tkazildi.

Bugun toshkentliklarga g‘alaba suv va havodek zarur edi. Boisi, dastlabki 4ta o‘yindan keyin qozog‘istonliklar 3:1 hisobida oldinga chiqib olishgan va bugungi g‘alaba ularga chempionlikni taqdim etardi.

Bahsning debyuti jamoamiz uchun muvaffaqiyatsiz chiqdi. "Nomad" xavfli qarshi hujum tashkil etib, 54-soniyadayoq hisobni ochdi. «Humo» esa hisobni tenglashtirish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Bir vaziyatda shayba to‘singa tegib qaytdi. Jamoamiz ikki marta son jihatdan ustunlikda o‘ynab, raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Uchinchi bo‘limda esa "Nomad" xokkeychilarimiz bizning hududda shayba uchun kurashda g‘olib chiqishdi va birinchi gol muallifi Runovni qulay vaziyatga chiqarishdi. Bu safar ham uning zarbasi aniq bo‘ldi.

«Humo» o‘yin so‘ngida darvozabon o‘rniga o‘yinchini tushirdi va oqibatda bo‘sh darvozadan uchinchi shaybani olib chiqadi.

«Nomad» darvozaboni Andrey Shutov bugun o‘z darvozasi tomon yo‘llangan 27ta zarbani bartaraf etdi. Umuman olganda, ushbu posbon finaldagi o‘yinlarda qahramonlik namoyish etdi.

Shu tariqa, finaldagi seriyada hisob 4:1 ko‘rinishiga yetdi va "Nomad" chempionlikni qo‘lga kiritdi. "Humo" esa kumush medallari bilan cheklandi.

Xokkey. Qozog‘iston chempionati. Final, 5-o‘yin
«Xumo» - «Nomad» 0:3 (0:1, 0:0, 0:2)
Gollar:
0:1 - 00:54 - Runov (Daniyar, Muxametov)
0:2 - 43:40 - Runov (Muratov, Muxametov)
0:3 - 59:25 - Rahmonov (Boyko) — bo‘sh darvoza

Seriyadagi hisob — «Xumo» - «Nomad»: 1-4 (3:2 OT1, 3:6, 1:2 OT3, 0:2, 0:3)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:24, 12.04.2023.
O'qildi: 1752 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик