Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Asror Aliqulov: "Raqibga to‘pni topshirib qo‘ydik"

Asror Aliqulov: "Raqibga to‘pni topshirib qo‘ydik"

Baho:
+ | -

Superliganing 6-turi doirasida o‘z maydonida “Surxon”ga qarshi maydonga tushib 0:0 hisobida durang o‘ynagan “Qizilqum” klubi bosh murabbiyi Asror Aliqulov durang adolatli bo‘lgani, uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari, Diyor Rahmatullayev va maydonga tushirilgan tajribali futbolchilar haqida fikr bildirdi.

"Bugun o‘yinni yaxshi boshladik, vaziyatni o‘z tomonimizga og‘dirishga harakat qildik, ammo buning uddasidan chiqa olmadik. Qolaversa, ikkinchi bo‘limda biroz charchab qoldik va to‘pni raqibga topshirib qo‘ydik. Umuman, durang adolatli bo‘ldi deya olaman”, - dedi murabbiy.

“Bugun uchrashuvning oxirgi daqiqalarida raqib charchab qolganidan foydalanishimiz lozim edi. Ammo, o‘yinni o‘z qo‘liga oladigan futbolchi, kreativlik yetishmadi. Shuni hisobga olib biroz tajribasi yuqori futbolchilarni maydonga tushirgan edim. Ular ishonchni unchalik oqlay olishmadi”.

“O‘yin vaqtlari bo‘yicha jamoalarga birdek imkoniyat berilyapti. Barchada imkoniyat bir xil. Shunchaki, futbolchilar o‘z jamoalariga professionallarcha munosabatda bo‘lsalar yetadi”.

“Diyor Rahmatullayevga imkon berilyapti. Avvalgi turda “Paxtakor”ga qarshi ham maydonga tushirgan edik. U zaxiradagi yagona vinger futbolchi. Unga imkoniyat berishga harakat qilayapmiz. Bugun uning pozisiyasiga Sherali Jo‘rayevni tushirdik. Chunki bugun bizga tajriba kerak edi” - dedi Aliqulov.

Kiritildi: 23:36, 14.04.2023.
O'qildi: 886 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик