Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Maksim Shaskix: "Yigitlar o‘yindan avvalgi rejaga qayta olishdi"

Maksim Shaskix: "Yigitlar o‘yindan avvalgi rejaga qayta olishdi"

Baho:
+ | -

"So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yindan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida o‘yin xususida fikrlarini aytib o‘tdi.

- Yigitlarni g‘alaba bilan tabriklayman, ular deyarli 95 daqiqa mobaynida raqibdan bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi. Bunday holat istalgan jamoa uchun katta yuklama beradi. Ularga rahmat aytaman. Futbolchilar o‘zlarini nazorat qila olishdi va sifatli futbol ko‘rsatishdi. Yanada ko‘proq gol urishlari ham mumkin edi. Shunday holatda uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Asta-sekinlik bilan harakat qilib, navbatdagi o‘yinga tayyorlanamiz.

Futbolchilar oxirgi daqiqalarda e’tiborni yo‘qotgan bo‘lishlari mumkin. Jamoa deyarli butun o‘yin raqibdan bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi. Qayerdadir charchashdi, anchagina kuch yo‘qotishdi. Ular ham robot emas, biz kabi odamlar. Doimo nolga o‘ynashni istaymiz. Tarkibdagi shunday saviyali himoyachilar bilan doimo gol o‘tkazib yubormaslik uchun harakat qilish kerak. Buni har kuni gapiramiz. Hozir chempionat o‘yinlari bo‘lmoqda. Sentyabrda boshqa turnir o‘yinlari boshlanadi. Ushbu o‘yinlar orqali xalqaro turnirga tayyorlanyapmiz.

Bir kishi kam holatda raqib sizdan jismonan va saviya borasida bir bosh pastda bo‘lsa ham qiyin. Yigitlar o‘yindan oldin qilingan rejaga qayta olishdi. Raqiblarga vaziyat yaratish uchun deyarli imkon berishmadi. So‘nggi soniyadagi golgacha ularga deyarli vaziyat bo‘lgani yo‘q. Faqatgina standartlardan keyin ular hujumlarga ega bo‘lishdi. Yigitlardan minnatdorman, ular talab qilingan ishlarni bajara olishdi.

Kiritildi: 22:05, 15.04.2023.
O'qildi: 1295 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик